Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Eron tomonidan 5 ta xavfni ma'lum qildi
Foto: CC BY-SA 2.0 / David B. Gleason / The Pentagon
Vashingtonda joylashgan Yangi amerikancha xavfsizlik markazi (Center for a New American Security) Yaqin Sharqdagi joriy tahdidlar va AQShning bu mintaqadagi ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan forum o‘tkazdi.
Forumda AQSh mudofaa vazirining Yaqin Sharq bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Mik P. Malroy chiqish qilib, o‘z nutqining katta qismini Eronga bag‘ishlagan.
Malroyning aytishicha, Eron 5 ta sohada xavf soladi. Uning ta'kidlashicha, birinchidan Eron tomonidan yadro quroliga ega bo‘lish xavfi. “Bizda buni bartaraf etish bo‘yicha reja bor va prezident bunga yo‘l qo‘ymaslikka qat'iy istakni bildirgan”, deb aytgan Malroy.
Ikkinchidan, Yaqin Sharqda dengizdagi xavfsizlikka tahdid. Bu tahdidga qarshi kurash BAA va Eron orasida joylashgan Hurmuz bo‘g‘ozida xavfsiz va ochiq kemachilikni ta'minlashni o‘z ichiga oladi.
Pentagon vakilining fikricha, Eron tomonidan solinuvchi uchinchi xavf Livanning “Hizbulloh” harakati, husiylar va Iroqdagi “Hashd ash-Sha'biy” tashkilotini qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi.
Malroyning ta'kidlashicha, ballistik raketalar 4-xavf hisoblanadi. Eronda ishlab chiqarilgan raketalar husiylar tomonidan Yamanda Saudiya Arabistoniga qarshi qo‘llanadi, bu zamonaviy qurolning Isroil bilan chegarada borligi ham xavotir uyg‘otadi.
Pentagon amaldori 5-xavf sifatida kiberterrorchilikni qayd qilib o‘tgan.
Yaqinda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif The Independent britan nashriga bergan intervyusida Eron va AQSh o‘rtasida urush sodir bo‘lishi dargumonligini, biroq harbiy ixtilof tasodifiy hodisalarga aylanishi mumkinligini aytgan.
Mavzuga oid
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
22:40 / 15.01.2026
AQSh Meksikadan narkokartellarga qarshi reydlar o‘tkazishga ruxsat olmoqchi
22:26 / 15.01.2026
Putin Maduroni ag‘dargan Trampni tanqid qilishga jur’at etolmadi – OAV
21:29 / 15.01.2026