2018 yilning oktabr oyida Surxondaryo viloyati Jarqörğon tumanida jinoiy guruh tuzişda gumonlanayotgan şaxslar qölga olingan va tergovgaça suriştiruv işlari boşlangandi.

Joriy yilning 29 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Surxondaryo viloyati Qiziriq tuman sudida Madaminov B. raisligida uşbu jinoyat işi böyiça sudlanuvçilarga qonuniy hukm çiqarildi.

Sudda aniqlik kiritilişiça, sudlanuvçilar N.I., N.T. va X.A. moddiy naf köriş maqsadida 2018 yil 1 sentabr kuni jinoiy til biriktirib, jinoiy reja tuzib, jinoiy rejaga köra, N.I. A.E.ni çaqirtirib, N.T. bilan uçraştiriş, N.T. va X.A. esa A.E.ga turli vajlarni bahona qilib, undan tovlamaçilik yöli bilan pul olişni maqsad qilib olgan, ma'lum qörqitişlar bilan haq talab qilmoqçi bölgan. N.T. X.A.ni urib, X.A.ni ham jabrlangan şaxs sifatida körsatib, Jarqörğon tumani, «Uzumzor» mahallasi hududidagi adirlikka olib borib, N.T. A.E. va X.A.ni avtomaşinadan tuşirib olib, ikkalasini urib, ularni qörqitib, A.E.ning ruhiy holatiga ta'sir ötkaziş uçun X.A.ning qölini boğlab qöyib, A.E.ning qöliga esa belkurakni berib, yerni qabr şaklida kovlaşni buyurgan. 50 million söm bersa, unga teginmasligi va qöyib yuborişini, agarda talab qilingan pulni bermasa, öldirib şu qazilgan çuqurlikka kömib ketişini, oila-a'zolarini ham öldirib yuborişlarini aytişgan.

N.I., N.T. va X.A. öz aybiga qisman iqrorlik bildirib, dastlabki tergovda tazyiqlar bölgani, tan jarohatlari yetkazilgani, advokat iştirokida söroq qilinişmaganini aytib ötişgan. Biroq sud bu vajlarga tanqidiy baho berib, sudni çalğitiş maqsadida keltirilgan deb baholagan. Çunki, ularning sodir etgan qilmişlari uçun ayblari maqbul va işonçli deb topilgan dalillar mavjud bölgan.

Kun.uz muxbiri xabar qilişiça, sudlanuvçi N.I.ga Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi «v» bandi («bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa») bilan aybdor deb topildi va 4 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Sudlanuvçi T. N. Jinoyat kodeksining 165-moddasi («tovlamaçilik») 2-qismi «v» bandi («bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa