Surxondaryoda jinoiy guruh tuzishda ayblanayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida jinoiy guruh faoliyatini tashkil etishda ayblangan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma'lum bo‘lishicha, Jarqo‘rg‘ondagi «Uzumzor» mahallasida yashovchi E.A Termiz neft bazasining shu tumandagi filiali (Jarqo‘rg‘on neftebaza unitar korxonasi) sobiq rahbari M. ismli shaxsga 2014 yilda 15 million so‘m miqdorida qarz bergan. O‘tgan vaqt davomida u qarzini ololmagan. U 17 oktabr kuni Surxondaryo viloyati IIBga murojaat qilgan.
Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish» bo‘limi ariza asosida ish olib borib, batafsil ma'lumot yig‘adi.
Ma'lum bo‘lishicha, Jarqo‘rg‘on tumani «Obod» mahallasida yashovchi T.N. tomonidan E.A.ga tahdidli qo‘ng‘iroq bo‘lgan. U EA.ni «Uzumzor» mahallasida yashovchi A.H.ning uyiga chaqirgan. E.A. aytilgan manzilga borganida, T.N. va A.H. uni tumanning chekkaroq qismida joylashgan adirlikka majburlab olib borishgan. U yerda E.A.ning o‘ziga qabr kavlatishgan. Uni oyoq-qo‘lini bog‘lab tiriklay ko‘mib tashlash bilan qo‘rqitishgan. Bunga sabab sifatida M. dan 15 million so‘m pulni so‘rab, uni xalq oldida obro‘sizlantirganini ko‘rsatishgan. Tirik qolish uchun qarzdan voz kechishi va «Kobalt» rusumli avtomashinasini sotib pulini, o‘zlariga olib kelib berishni tayinlashgan.
Jon achchig‘ida qo‘rqib ketgan E.A. shartlarga rozi bo‘lgan. Avtomashinasini 50 million so‘mga sotgan. Pulning 37 million so‘mi va mashinaga tegishli ba'zi jihozlarni T.N. va A.H.ga keltirib bergan. Arizachining aytishicha, T.N. qolgan 12 million so‘mni tez fursatda olib kelmasa, oila a'zolari bilan yo‘q qilib yuborish bilan qo‘rqitgan. E.A. esa tegishli tashkilotga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.
Shundan so‘ng, Surxondaryo viloyati IIB JQB «Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish» bo‘limi tomonidan tezkor tadbir uyushtirilgan. Qolgan mablag‘ning 1 million so‘mi guruh a'zolariga topshirilayotgan vaqtida ular qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:01 / 17.12.2024
Andijonda fuqarolarning mashinalarini ijaraga olib, ularni yo‘q qilish bilan shug‘ullangan yirik uyushgan guruh ustidan sud boshlandi
18:14 / 16.12.2024
Surxondaryoning uchta tumanida zamonaviy turistik markazlar tashkil etiladi
16:35 / 26.11.2024
Surxondaryoda erta nikohni targ‘ib qilgan bloger jarimaga tortildi
21:33 / 22.11.2024