Yangi innovatsion ğoyalarni özida mujassam etgan Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi tasarrufidagi Namangan şahar öquv-sport klubi foydalanişga topşirildi.
Şu munosabat bilan ötkazilgan marosimda Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti markaziy kengaşi, Namangan viloyati hokimligi, davlat va jamoat taşkilotlari, mudofaa, içki işlar boşqarmalari rahbariyati, Milliy gvardiya va harbiy qismlar askarlari, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, mehnat faxriylari, “Vatanparvar” taşkiloti Farğona va Andijon viloyati kengaşi raislari hamda xodimlari, yoşlar, mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari iştirok etişdi.



Tadbirda mamlakatimizda yoşlarning ma'naviy va jismoniy kamoloti yölida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni soğlom turmuş tarzi va vatanparvarlik tamoyillari asosida tarbiyalaş, bu borada adabiyot, san'at, sport kabi ommaviy vositalardan samarali foydalanişga alohida e'tibor qaratilayotgani ta'kidlandi.
– Innovatsion texnologiyalar joriy etilgan mazkur öquv-sport klubi harbiy vatanparvarlik tarbiyasi bilan birga Prezidentimiz ilgari surgan 5 ta muhim taşabbusni öz içiga olgan, – deydi Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti markaziy kengaşi raisining örinbosari M.Umarov. – Muassasada yoşlarni intellektual va jismonan kamol toptiriş, ularning qiziqişlarini oşiriş va bu boradagi qobiliyatini rivojlantiriş uçun barça şaroit yaratilgan.
Uşbu öquv-sport klubi davlatimiz rahbarining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoşlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalaş hamda çaqiriluvçilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar böyiça tayyorlaş tartibini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Yöl xaritasi”ga muvofiq barpo etildi.
Klub majmuasi 17 ta nazariy öquv xonasi, yangi 2 ta laboratoriya – amaliy öquv maşğulotlari xonasi, 1 ta ma'naviyat va ma'rifat xonasi, öquv maşq maydoni (avtodrom), avtomobillarni saqlaş uçun usti yopiq joy (naves), avtomobillarni yuviş joyi (avtomoyka), texnik nazorat maskani, işçi – xizmatçilar va haydovçilikka tahsil oluvçi öquvçilarni madaniy dam olişlari uçun taşkilot xududida rangli favvora va boşqa köplab zarur texnik-xöjalik inşootlarini öz içiga olgan. Har biri 25 nafar öquvçiga möljallangan öquv xonalari innovatsion ğoya va texnologiyalar asosida jihozlangan. Sönggi rusumdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, 50 dyumli “Artel” televizorlari va “Smart Board M-600” interaktiv animatsion doskasi, interaktiv doskalar, “Lasetti” avtomobili va “UzOtayul” avtobusining harakatlanuvçi qirqimli modeli, svetoforlar va aholi yaşaydigan hudud maketlari, ikkita zamonaviy avtotrenajyorlar, nazariy va amaliy maşğulotlar uyğunlikda olib borilişini ta'minlaydi. Öquv xonalari, xususan, yakuniy imtihon oliş xonasiga örnatilgan audio-video kuzatuv qurilmalari özaro jamoatçilik nazorati tamoyili sifatida öquv jarayoni şaffofligini ta'minlaşga xizmat qiladi.


















