Toşkent şahrida 12-13 aprel kunlari keng kölamli haşar ötkaziladi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilişiça, haşar doirasida köp qavatli uylar atrofi va jamoat hududlarini tozalaş, obodonlaştiriş va yaşil maydonlarni köpaytiriş böyiça tadbirlar amalga oşiriladi.

Ta’kidlanişiça, poytaxtning barça tumanlarida tartib örnatilib, daraxtlar ekiladi, hovlilar bezatiladi.

«Bu — sevimli şahrimiz obodligi va pokligiga qöşgan umumiy hissamizdir. Hurmatli toşkentliklar! Haşarda faol iştirok etişga çaqiramiz. Tozalikni saqlaş — bu katta şahar an’anasi, özimizga, qöşnilarimizga va aziz Toşkentimizga bölgan hurmat ifodasidir», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uçun, Özbekiston qonunçiligiga köra, haşar quyidagi şartlarga rioya etilgan holda faqat ixtiyoriy tarzda taşkil etiladi va ötkaziladi:

  • umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida faqat prezidentning tegişli hujjati yoki hukumat qarori bölganda;
  • mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etilgan holda;
  • jamoat işlari, şu jumladan quriliş-ta’mirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etişga qat’iy yöl qöyilmagan holda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, iş örinlarini tartibga keltiriş.

Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faqat tegişli mahalla hududida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş, bolalar va sport maydonlarini jihozlaş, moddiy-madaniy meros obektlarini zarur holatda saqlaş, qabristonlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, ta’mirlaş hamda zarur holatda saqlaş işlarida aholining ixtiyoriy iştirok etişini taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda oxirgi marotaba umumxalq xayriya haşari 24−25 avgust kunlari (şanba va yakşanba) Mustaqillik bayrami arafasida bölib ötgandi.