Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari Alişer Abdualiyev Özbekiston Respublikasi investitsiyalar va taşqi savdo vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz axborot manbasi xabar qilmoqda.
Alişer Habibullayeviç Abdualiyev 1965 yilda tuğilgan, Toşkent davlat universiteti (1989 y.)va Özbekiston Milliy universitetini (2005 y.) tamomlagan.
Turli yillarda Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Taşqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlaştiriş departamenti, Taşqi iqtisodiy aloqalar böyiça axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot va taşqi iqtisodiy aloqalar böyiça yiğma axborot-tahlil departamenti, Huquqiy ekspertiza va xalqaro şartnomalar boşqarmasida işlagan.
Bundan taşqari, u 2012-2019 yillarda Özbekiston Respublikasining Ukrainadagi favqulodda va muxtor elçisi, 2019 yil yanvar oyidan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan.









