«Mançester Siti» APLning 37-turida qiyinçilik bilan «Lester»ni mağlub etdi (1:0) va premer-liga turnir jadvalida yana «Liverpul»ni quvib ötdi. Endi barçasi şu hafta oxiridagi yakşanbada, mavsumning oxirgi öyinlarida hal böladi.
Angliya çempionati. Premer-liga. 37-tur
«Mançester Siti» – «Lester» – 1:0 (0:0)
Gol: Kompani, 70.
«Mançester Siti»: Ederson, Uoker, Kompani, Lyaport, Zinçenko, Silva (Stouns, 90+1), Gundöğan, Foden (Sane, 56), Bernardu Silva, Aguero (Gabriel Jyezus, 87), Sterling.
«Lester»: Şmayxel, Rikardu Pereyra, Evans, Maguayr, Çilvell, Olbrayton (Grey, 85), Ndidi, Çudxuri, Tilemans (Barns, 75), Meddison (Ixeanaço, 80), Vardi.
Ogohlantirişlar: Silva, 22. Maguayr, 35. Kompani, 44. Gabriel Jyezus, 89. Ixeanaço, 90.
Hakam: Din.
6 may. Mançester. «Etihad» stadioni.
Futbol karikaturaçilari uçun «Mançester Siti» va «Liverpul»ning «muşuk-siçqon öyini» köplab ğoyalar uçun ilhom berib kelmoqda. Angliya çempionatining har bir turi oldidan yangi karikaturalar paydo böladi. «Siti»ning «Lester»ga qarşi öyini arafasida rassomlardan biri Yurgen Kloppni «şaharliklar»ning navbatdagi raqibi futbolkasida tasvirladi. Uning oldida esa «Siti»ning oldingi raqiblari - «MYu», «Tottenhem», «Kristal Pelas» va «Byornli» futbolkalari çiqindi idişiga irğitilgan holatda körsatilgan (bu jamoalarning heç biri mersisaydliklar jamoasi umidlarini oqlay olmadi va «Siti» bu jamoalarga qarşi öyinlarda oçko yöqotmadi).

Pep Gvardiola öyindan oldin «Liverpul» öz faoliyati davomida töqnaşgan eng kuçli ikki raqibdan biri ekanini tan oldi. Ikkinçisi – «Bavariya»ni Çempionlar ligasidan çiqarib yuborgan Luis Enrike boşqaruvidagi «Barselona».
Bugungi «Liverpul» haqiqatdan ham buyuk jamoaga aylandi - jamğarilgan oçkolarning özi buni tasdiqlaydi. Beş yil muqaddam ham qizillar çempionlik uçun oxirigaça kuraşgan va «Siti» bilan bir qatorda asosiy favorit bölgandi. Lekin öşanda oxirgi turlardan birida «Çelsi»ga qarşi öyinda Stiven Jyerrardning yiqilib töp yöqotişi oqibatida jamoa raqibni oldinga ötkazib yuborgan, yakunda «Mançester Siti» çempionlikni nişonlagandi.
Öşanda «Liverpul»ga Brendan Rojyers ustozlik qilgandi. Uşbu şimoliy irlandiyalik mutaxassisning «Enfild»ga mehri bölakça. Fevral oyida Rojyers «Lester»ni qabul qilib oldi va oğir ahvoldagi jamoani Yevropa Ligasi uçun kuraşayotgan jamoaga aylantirdi. Endi sobiq jamoasi fanatlari undan «Siti»ga qarşi muhim öyinda matonat körsatişni kutişayotgandi. Murabbiy esa öyin arafasida bergan intervyusida şunday dedi: «Men bor diqqat-eʼtiborimni «Lester»ga qaratganman. Ha, bu hayajonli, biz çempionlik taqdiriga ta'sir körsatişimiz mumkin, ammo men hozir faqat hozirgi klubim haqida öylamoqdaman».

















