Ğarb tamoyillarini kör-körona import qilib böladimi?
|22:30 / 08.05.201932 91811 min
Telekanallarimizdan birida diniy ahkomlardan biri kulgi qilingani ijtimoiy tarmoqlarda munozaralarga sabab böldi. Ba'zilar televideniyeçilarning yonini olib, söz erkinligiga işora qilgan bölişsa, boşqalar bunday masalalarga bu kabi yondaşuv nojoizligini ta'kidlaşdi. Mavzu köpçilikni befarq qoldirmadi va unga hatto çet elda işlaydigan ba'zi yoş özbek olimlari tomonidan munosabat bildirilib, ular vaziyatga ğarb tamoyillaridan kelib çiqqan holda baho berişga urinişdi.
Ilmiy yondaşuv ehtiyoji
Ğarb xalqlarining dunyoqaraşi va musulmon xalqlarining dunyoqaraşi – bu ikkisining örtasida muayyan farqlar mavjud bölib, mazkur farqlarni biliş, tasnif va tahlil qiliş ijtimoiy voqeligimiz taqozo qilib turgan vazifadir. Har bir sohada ilmiy yondaşuv şart bölganidek, mazkur nozik sohaga ham şunday – ilmiy yondaşuv lozim.
Dunyoqaraşlar orasidagi tafovutni hisobga olmasdan birining unsurlarini boşqasiga kör-körona, örganişsiz, tadqiqsiz ötkaziş mas'uliyatsizlik va noilmiy yondaşuvga misol böla oladi. Ilmiy yondaşuv bu yerda qanday böladi?
Ijtimoiy (jamiyatga doir) masalalar körilayotganda xalqning ma'naviy konsepsiyasi – dunyoqaraşiga oid jihatlari atrofliça örganilişi, tahlil qilinişi va hisobga olinişi lozim. Bizning holatimizda xalqimizning çuqur, ming yillik qadriyatlar ta'sirida hosil bölgan dunyoqaraş paradigmasini tadqiq qiliş, hisobga oliş, söng mulohaza qiliş – masalaga aynan ilmiy yondaşiş böladi.
Hölni quruqdan ajratib oliş ehtiyoji
Xalqimiz ongida isloh bölişi kerak bölgan narsalar köp. Ammo öşa – isloh bölişi lozim bölgan narsalar nima, degan savolga tadqiqotsiz javob berib bölmaydi. Binobarin tadqiqsiz heç narsani isloh qilib ham bölmaydi.
«Isloh» tuzatiş degani, demakki «isloh» tuşunçasi zarar keltirayotgan narsani zararsizlantirişni nazarda tutadi. Jamiyatga zarar keltirayotgan tuşunçalarni zararsizlantiriş uçun avvalo ularni tasnif etmoq zarur. Zero busiz har qanday tadbirni obektiv ilmiy nazar emas, balki sub'yektiv istak-xohişlar harakatga keltiradi.
Xalqimizga zarar keltirayotgan tuşunçalar, bular – heç bir asosi yöq, ongsiz ravişda ilakişib qolgan narsalar – stereotiplar ekanini tuşunmoğimiz lozim. Ular bilan kuraşiş – ongli jamiyat uçun burç.
Ammo, bulardan boşqa – sof dinimiz ta'sirida şakllangan jihatlar ham bor.
Mavzuga oid
Ular ongsiz ravişda emas, balki ongli ravişda, asosga suyangan holda xalqimiz ongida şakllangan – stereotip emas. Bu ikki narsani bir-biridan ajratib oliş lozim. Olim va mutaxassislarning işi bu yerda – stereotiplar va xalqimizning muhim ma'naviy ustunlarini bir-birdan ajratib oliş, aralaştirib yubormaslik. Bunday muhim sohada noilmiy yondaşuv bizni muammolar girdobida qoldiradi, yaxşilikka aslo omil bölmaydi.
Ya'niki, ilmiy yondaşuv bölmasa stereotiplar örniga xalqning haqiqiy ma'naviy ustunlariga qarşi bilmasdan uruş oçib qöyiş mumkin. Bu esa xalqning özi bilan kuraşiş kabi.
Ğarbning «jinslar tengligi» modeli bizga töğri keladimi?
Kuni keça Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Erkaklar va ayollar uçun teng huquqlar va teng imkoniyatlar kafolatlari töğrisida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Loyihada «erkaklar va ayollar tengligini ta'minlaş sohasidagi xalqaro huquq normalariga rioya etiş» közda tutilgan. Şu bilan birga, unda «Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga va xalqaro huquq normalariga zid urf-odatlar, an'analar va madaniyatga asoslangan xulq-atvorga yöl qöyilmaydi»,deya ta'kidlanadi.
Masalaga yuzaki emas, teranroq nazar taşlaşga urinamiz.
Jins böyiça har qanday diskriminatsiyaga barham berişni har bir oqil kişi qöllab-quvvatlaydi, albatta. Ammo bunga erişiş uçun ğarb mamlakatlari tomonidan qabul qilingan tamoyillar yakka-yu yagona – universal vositami? Holatni körimli şaklga keltiriş uçun özimizda tamoyil va uslublar mavjud emasmi?
Ğarb xalqlari öz tafakkurlaridan, özlariga xos bölgan tafsilotlar ta'sirida yuzaga kelgan urf-odatlaridan kelib çiqib hayotlarini tartiblovçi, özlariga ma'qul kelgan me'yorlarni qabul qilişgan. Va bu me'yorlar, e'tibor bersak, hozirda aksar – turli sohalarga oid xalqaro konvensiyalarning asosini taşkil qilib turibdi.
Mazkur tamoyillarni yoppasiga – tadqiq va tahlilsiz bizning özgaça ma'naviy zaminimizga kör-körona ötkaziş, import qiliş holatni isloh qiliş emas, balki, aksinça, muammolarning uzundan-uzoq zanjirini keltirib çiqariş, ziddiyatlarga mubtalo bölişdir. Zero bu xalqimizning daqiq, latif, asosli qadriyatlarini inkor qiliş bilan barobardir.
Özgarib borayotgan ğarb tamoyillari
Ğarb tamoyillari yil sayin özgarib, «evolyutsiya»ga uçrayotganiga guvoh bölib turibmiz. 50 yil avval ğarb xalqlari tafakkurida favqulodda salbiy baholangan narsalar bugun qonun bilan himoyalanadigan, ularga salbiy qaraş qilganlar esa jazoga tortiladigan holatga keldi va bu jarayon davom etmoqda.
Bir jinsli nikohlarning rasman tan olinişi, maktablarda bolalarga «jinslar tengligi», ya'ni, «har bir inson öz jinsini öz xohişiça belgilaşi», «har kim özi xohlagan jinsdagi inson bilan oila qurişi» kabi tuşunçalar dars qilib berilayotgani bunga misol. Mazkur tamoyillar ğarb tafakkurining tadrijiy, ta'bir joiz bölsa, tabiiy evolyutsiyasi natijasi bölib, bu ğarb dunyosining, qaysidir ma'noda, tanlovidir. Ammo bu tanlovga sekin-asta «umuminsoniy qadriyatlar» tusi berilib, hamma uçun barobar vojib maqomga kötarilyapti.
Ayollar erkaklar bilan tengma-teng işlab pul topişi kerakligi, heç bir jihatda ayolga alohida köz bilan qaralmasligi kerakligi, imtiyozlar nazarda tutilmasligi – bularning hammasi ğarb xalqlarining mavjud ma'naviy tizimidan kelib çiqqan, «ayollar huquqlari» tuşunçasining ular tuşungan şaklidir. Mazkur tuşunçalarga biz ham ergaşişimiz kerakmi?
Bizda ayol kim?
Ulamo ajdodlarimiz tadqiq va tahlil etgan Islom ta'limoti böyiça ayol avvalo jamiyatning eng ustuvor vazifasi – yangi avlod tarbiyasiga mas'ul qilingan va bunda, ta'bir joiz bölsa, ayol yangi avlodni kökragiga bosib, qalb qöri bilan uning – yangi avlodning ruhiga birinçi ozuqani berişga, ma'naviy nizomini şakllantirişga safarbar etilgan. Ya'ni, millatning kelajagi tom ma'noda ayol qölida deb bilinadi.
Bunday buyuk vazifani bajariş uçun ayol boşqa yuklardan ozod etilgan bölib, «bir dunyo» boşqa taşvişlar erkakning zimmasiga yuklatilgan. Şu yerdan ma'lum bölyaptiki, gap «ayolni uyga qamab qöyiş» haqida ketmayapti, balki unga öz mas'uliyatini mukammal ado etişi uçun şaroit yaratiş haqida ketyapti.
Muammolar zanjiri
Yaqin tarix şohid – ötkan asrda aholisi musulmon bölgan ba'zi mamlakatlarda ötkazilgan öziga xos «tajribalar» – zamonaviylaştiriş vajida xalqni eski stereotiplaridan xalos qilişga uriniş bilan birga, biratöla – «höl-u quruqni» ajratmasdan – ma'naviy asoslarga ham qarşi qilingan urinişlar natijasida köplab köngilsizliklar, qurbon berişlar böldi.
Ammo ezilgan, urilgan xalqning azaliy ma'naviy asosi vaqti kelganda öz sözini aytdi, qaytadan niş urib çiqdi. Zamonaviylaştiriş haqiqiy ma'naviy asoslarga qarşi kuraşiş bilan keçmasligi kerakligi öz isbotini topdi. Voqelik körsatyaptiki, haqiqiy asoslar özi mustahkam böladi.
Tarixiy darslardan kerakli xulosani çiqarib, mazkur fundamental masalaga nisbatan ehtiyotli böliş, teran, ilmiy yondaşiş aççiq xatolarni takrorlamaslikka omil böladi.
Stereotiplar va ularga yeçim
Stereotiplarga ba'zi misollar. Xalqimizda, masalan, qaynona-kelin munosabatlari körimsiz şakllangan va ularning turgan-bitgani stereotiplardan iborat bölib, dinimiz ahkomlarining teppa-teskarisidir. Zero dinimizda ota-bola, er-xotin, qöşniçilik kabi özaro haq va majburiyatlar aniq va körkam şaklda belgilangan bölib, qaynona-kelin munosabatlari ham şular qatorida – qaynona dinimiz böyiça urfimizda kelin ustidan mavjud bölgan «haq»larning deyarli heç qaysisiga ega emas.
Bu stereotipni ketkaziş uçun ğarb uslubini qöllab taşviqot qiliş emas, balki dinimiz uslubida tuşuntiriş işlarini olib boriş masalaning töğri yeçimi böladi.
Boşqa misol. Oilada ayolning topganiga yaşaydigan, buni öziga joiz biladigan erlar köpaygan hozir. Bu tobora stereotipga aylanib boryapti va turfa ijtimoiy hamda ma'naviy muammolarni urçityapti. Holbuki bu dinimizda mutlaqo joiz emas – dinimiz böyiça oilaning barça moddiy ehtiyoji er kişining zimmasida.
Şu bilan birga, ayol kişi öz ayollik hilqatiga töğri keladigan mehnatni qilib pul topişiga yöl oçilgan. Ammo, şunisi e'tiborliki, dinimizda ayol kişi topgan puliga özi xöjayin va er ayolining puliga egalik qilişga, oila sarfini ayoliga yuklaşga haqqi yöq. Mazkur va şu kabi boşqa diniy tamoyillar töğri tarğib qilinsa xalq ongida bir qança stereotiplar barham topadi. Öğil bolalar yoşligidan er kişi zimmasida qanday majburiyatlar borligini bilib voyaga yetişadi.
Yangiça yondaşuv ehtiyoji
Ğarb ma'naviy tamoyillari ğarb xalqlarining tarixi, buguni, öziga xosliklari ta'sirida şakllangan va ularni kör-körona, mutlaqo özgaça ma'naviy muhitga, özgaça tafsilotlar ta'sirida şakllangan muhitga «közni yopib olib» ötkaziş – noilmiy yondaşuv bölib, davlat va jamiyatni tubsiz ziddiyatlarga giriftor qilib qöyişi öz isbotini topgan haqiqat. Ziddiyatlar esa millatning quvvatini oluvçi eng katta salbiy omillardandir.
Inçunun, milliy tiklanişimizning hozirgi bosqiçida har bir ijtimoiy-ma'naviy ahamiyatli qarorlar yaxşi öylangan, ilmiy körikdan ötgan, asrlar davomida şakllangan ma'naviy özligimizni, millatimiz ruhining asosi bölmiş ustunlarni e'tiborda tutişi lozim. Zero, bunday yondaşuv har jihatdan qaralganda ham manfaatli böladi. Mana şunday yondaşuvni yangiça yondaşuv degim keladi.