Sönggi yillarda bir tendensiya yaqqol közga taşlanadi: Xitoy elektromobillar, quyoş panellari, şamol turbinalari va akkumulyatorlar işlab çiqariş böyiça mutlaq yetakçiga aylandi. Uzoq yillardan beri “dunyo fabrikasi” hisoblangan mamlakat endilikda nafaqat arzon iste’mol tovarlari, balki yuqori texnologik “yaşil” mahsulotlar borasida ham dominantlik qilyapti. Xöş, bu holat qanday yuzaga keldi? Nima uçun asrlar davomida texnologik innovatsiyalar öçoği bölib kelgan Ğarb bu poygada ortda qolib ketdi?
Muvaffaqiyat siri nimada?
Xitoyning bugungi ustunligi tösatdan yuz bergan möjiza emas, balki sönggi yigirma yil davomida izçil amalga oşirilgan davlat siyosatining natijasidir. Ğarb davlatlari dasturiy ta’minot va xizmat körsatiş sohalariga köproq e’tibor qaratayotgan bir paytda, Pekin özining "Made in China 2025" kabi strategik dasturlari orqali işlab çiqariş va oğir sanoatni yangi bosqiçga olib çiqişga juda katta miqdorda sarmoya kiritdi. Xususan, hukumat toza energiya sektorini rivojlantiriş uçun yuzlab milliard dollar miqdorida töğridan-töğri va bilvosita subsidiyalar ajratdi. Soliq imtiyozlari, arzon kreditlar, yer maydonlarining bepul yoki arzon berilişi BYD, CATL kabi mahalliy kompaniyalarga jadal ösiş imkonini berdi. Içki bozor esa mazkur kompaniyalar uçun sinov maydoni bölib xizmat qildi. Hukumat yillar davomida fuqarolarni elektromobil xarid qilişga undaş uçun çegirmalar berdi, şaharlardagi jamoat transportini töliq elektr energiyasiga ötkazdi. Natijada, kompaniyalar öz mahsulotlarini takomillaştirib, qisqa muddatda dunyo bozoriga tayyor, arzon va sifatli raqobatbardoş mahsulot olib çiqişga erişdi.
Kritik minerallar monopoliyasi
Kritik minerallar yaşil energetika tizimlari, yarimötkazgiçlar, batareyalar va mudofaa qurilmalari işlab çiqariş uçun muhim xomaşyodir. Litiy, kobalt, nikel, grafit, mis kabi minerallarsiz na elektromobil akkumulyatorini, na quyoş panelini işlab çiqarib böladi. Xitoy mazkur tarmoqdagi ta’minot zanjirini egallaş orqali mutlaq ustunlikka erişdi. Xalqaro energetika agentligining ma’lumotlariga köra, Pekin nodir yer metallarining 96 foiz, tabiiy grafitning 98 foiz, kobaltning 97 foiz, litiyning 73 foiz, misning 83 foiz qismiga egalik qiladi. Indoneziya nikelni qayta işlaş böyiça mutlaq yetakçiga aylangan bölsa-da, mamlakatdagi xomaşyoni qayta işlaş zavodlarining taxminan törtdan uç qismi Pekin nazorati ostida yoki ularning sarmoyasi asosida qurilgan.












