XX asrning oxiridagi Sovet ittifoqining parçalanişidan keyin AQŞ jahon sahnasida diplomatik, harbiy va geosiyosiy jihatdan mutlaq ustunlikka erişdi va bir qutbli yangi dunyo tartiboti örnatildi. Qöşma Ştatlar özining ustun mavqeyidan foydalangan holda, BMT va qator xalqaro moliyaviy taşkilotlarda statusini mustahkamladi hamda boşqa mamlakatlarda yuzaga kelgan harbiy va siyosiy nizolarga aralaşib keldi.

Biroq Rossiyaning Ukrainadagi tajovuzkor harakatlari fonida xalqaro geosiyosiy muvozanat tanazzulga uçradi. Mazkur uruş mamlakatlarning iqtisodiy özaro boğliqligi haqidagi qaraşlarni özgartiradi. Özaro boğliqlik tinçlikni yaratadi degan nazariya uzoq tarixga ega, ammo u Rossiyaning Ukraina va Ğarb bilan munosabatlarida heç qanday ahamiyatga ega bölmadi. Mazkur tendensiya eski davr tugaşi va yangi davr boşlanişi sifatida baholanmoqda va keyingi yangi dunyo tartibotidagi asosiy iştirokçilari tarkibini boşqaça körinişga keltirişi ham mumkin. Xöş, bu qanday böladi?

Yangi “uçburçak”

Sönggi bir neça ön yilliklar içida Xitoy mislsiz iqtisodiy va texnologik taraqqiyotga erişgan, barqaror, hokimiyatning bir liderdan ikkinçisiga tinç körinişda ötişini boşqarişga qodir, taşqi bosimlarga çidamli davlat sifatida şakllandi. Bugungi XXR dunyo liderligi uçun bemalol da’vo qiliş imkoniyatiga ega global kuç. Ukrainadagi uruş esa rasmiy Pekin atrofida strategik jihatdan muhim bir qança davlatlarning norasmiy koalitsiyasi tuzilişiga zamin yaratdi. Xususan, Moskva va Ğarb davlatlari örtasidagi geosiyosiy keskinlik fonida Rossiya va Xitoy munosabatlarida yangi sahifa oçildi. Xitoy na geosiyosiy, na iqtisodiy, na xavfsizlik nuqtai nazaridan Rossiyaning “yöq qilinişi”dan yoki parçalanişidan manfaatdor emas. Ğarbparast yoki tartibsiz Rossiyani öz xavfsizligiga jiddiy tahdid sifatida köradi. Xitoy özining kuçayib borayotgan qudratiga tayanib, global miqyosidagi hukmron mavqeyini mustahkamlamoqçi, Rossiya esa jahon gegemonligi uçun poygada iştirok eta olmasligiga iqror bölgan holda, Yevrosiyodagi kuç markazlaridan biri va global öyinçi sifatidagi iştirokini saqlab qolişga intiladi. Yaqinlaşuv har ikki tomon uçun öz ambitsiyalarini amalga oşirişga yordam beradi. Moskva bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlik Pekinni nafaqat Şarqiy Osiyoda, balki Yevrosiyo böylab eng asosiy öyinçiga aylantiradi. Bugungi kunda Xitoy Rossiya resurslaridan foydalaniş (uglevodorodlardan tortib çuçuk suv manbalarigaça) va Markaziy Osiyo, Rossiya va Arktika orqali Yevropa bilan boğlaniş uçun har qaçongidan ham köproq imkoniyatlarga ega. Rasmiy Pekin va Moskvaning bugungi kundagi munosabatlari Sovuq uruş davrida Xitoy-SSSR tomonidan tuzilgan ittifoqni eslatadi, ammo bu safar Xitoy yetakçi, Rossiya esa unga ergaşuvçi rolida.