OFK Elit Osiyo Çempionlar Ligasida 4-tur öyinlari boşlandi.

Özbekiston çempioni «Nasaf» öz maydonida «Al-Vahda» klubi bilan öynadi va 1:2 hisobida yutqazdi.

Mezbonlar safida Sardor Bahromov, mehmonlar tarkibida Ogbu va Kayo darvozani işğol etdi.

Bu Röziqul Berdiyev jamoasining nufuzli musobaqada qatorasiga törtinçi mağlubiyati böldi. «Nasaf» turnir jadvalida sönggi örinda, «Al-Vahda» 10 oçko bilan peşqadamlar safida boryapti.

«Nasaf» navbatdagi öyinni 24 noyabr kuni öz maydonida «Traktorsoziy» (Eron) klubiga qarşi ötkazadi.

Elit OÇL. Ğarb mintaqasi. 4-tur

3 noyabr, Qarşi, Markaziy stadion

«Nasaf» 1:2 «Al-Vahda» (BAA)

Gollar: Sardor Bahromov (42) – Favor Ogbu (52), Kayo (89)

Boş hakam: Xolid Solih (Saudiya Arabistoni)

Nasaf: Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Ğolib Ğaybullayev (Igor Golban 66), Adenis Şala (Oybek Bozorov 66), Zafarmurod Abdurahmatov (Diyor Abdunazarov 83), Dragan Çeran (Yusuf Otubanjo 66), Şarof Muhiddinov, Husayn Norçayev, Stefan Çoloviç (Suhrob Nurulloyev 76), Sardor Bahromov, Şerzod Nasrullayev

«Al-Vahda»: Muhammad Hasan, Lukas Pimenta, A’louddin, Muhammad Qurboniy, Duşan Tadiç, Fakundo Krupski, Ruben Filipe, Bernandu Pereyra (Kayo 60), Jadsom Mimyas, Favor Ogbu, Brahima Diarra

Ogohlantirişlar: Ğolib Ğaybullayev (52), Stefan Çoloviç (71), Zafarmurod Abdurahmatov (77), Brahima Diarra (77), Jadsom Mimyas (78)