Soliq qo‘mitasi: QQS bo‘yicha ilk chorakning «g‘alviri» suvdan ko‘tarildi
Yangilikka moslashish uchun ma'lum vaqt talab etiladi. Shu ma'noda, umumbelgilangan soliq to‘lash tartibiga o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va korxonalarning soliq hisobotlarida juz'iy xato va kamchiliklar kuzatilishi tabiiy holat, deb xabar bermoqda DSQ matbuot xizmati.
Bildirilishicha, ularning oldini olish eng muhim vazifa sanaladi. Davlat soliq qo‘mitasi ko‘rsatmasiga muvofiq, Andijon viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan Tezkor harakat guruhlari tashkil qilinib, 2019 yil 1-chorak yakuni bo‘yicha soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoboti o‘rganildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini taqdim etish majburiyatiga ega 2168 ta korxonaning 2152 tasi dastlabki tahlillardan o‘tkazilganda, 1568 ta korxonada mavjud kamchiliklar aniqlanib, holat yuzasidan murojaat xatlari yuborildi.
«0» hisobot taqdim etish
Ya'ni, bunda tadbirkorlik sub'yekti o‘zini go‘yoki hech qanday biznes harakatni amalga oshirmaganday ko‘rsatishga urinadi. Lekin bu kabi soliq to‘lovchilarning faoliyatlarini tashqi manba dasturiy mahsuli ma'lumotlari hamda bank aylanmalari oshkor qilib qo‘yadi.
Masalan, Andijon shahridagi «A. H » MChJ mart oyi hisobotini aynan shu ko‘rinishda topshirgan. Aslidachi? Tashqi manbadan olingan ma'lumotlar ushbu jamiyat 213 million so‘m bank aylanmasini hisobotida ko‘rsatmaganini aniqlab berdi. Bu esa uning 35 million so‘m mablag‘dan ziyod qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lamaganini anglatadi.
Bunday kamchilikka yo‘l qo‘ygan faqat ushbu jamiyat emas, 903 ta korxona aynan uning «ishi»ni takrorlagan.
Manfiy hisobot topshirish
Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lmagan soliq to‘lovchilarning xaridor bilan kelishgan holda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan realizatsiya qilishi.
Xuddi shunday xatolikka yo‘l qo‘ygan 368 ta korxona tomonidan 77 milliard so‘m manfiy hisobot taqdim etilgan.
Ilovalarni xato to‘ldirish
Korxonalar qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish jarayonida ba'zi bir ilovalarni «unutib» qoldirishgan.
«B. M» korxonasi qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobotini to‘ldirish tartibining 5-ilovasida yil boshida 708 million so‘m realizatsiya qilinganini ko‘rsatgan. Ammo tovarlarni realizatsiya qilish oborotining 1-ilovasiga shu summa kiritilmagan. Natijada 141 million so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i hisoblanmay qolgan.
Mavzuga oid
08:40 / 09.09.2024
Eksport qiluvchilar uchun QQS qoplash tartibi soddalashtirildi
13:50 / 05.09.2024
XMT loyihalariga yetkazilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga QQS qaytariladi
07:53 / 04.09.2024
Ayrim tadbirkorlarga QQSning bir qismi qaytariladi
13:35 / 12.02.2024