Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon banki jamg‘armasi Toshkent va Andijon o‘rtasidagi pullik yo‘l loyihasi uchun grant ajratdi
Foto: Moliya vazirligi axborot xizmati
2019 yil 10 may kuni Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi rahbariyati Jahon banki vakillari bilan yo‘l-transport sohasida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tomonidan 2019 yilda ishlab chiqilishi lozim bo‘lgan loyihalar tasdiqlangan. Hozirgi kunda umumiy qiymati 2 mlrd AQSh dollari bo‘lgan 10 dan ko‘p loyiha ustida ish olib borilmoqda.
Yo‘l-transport tizimida Jahon banki bilan hamkorlikda Toshkent-Andijon yangi pullik yo‘lini qurish bo‘yicha loyiha tayyorlanmoqda. Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Jahon bankining GIF (Global Infrastructre Facility) jamg‘armasi tomonidan izlanish granti taqdim qilingan. Joriy yilning 10-16 may kunlari Jahon banki vakillaridan iborat yo‘l qurilish bo‘yicha ekspertlari O‘zbekistonda kelib, tegishli vazirliklarda uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, ushbu ekspertlar Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlariga borib mo‘ljallanayotgan magistral yo‘lini o‘rganishadi.
Muloqotlarda Jahon banki hamda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakillari yo‘l-transport sohasida Davlat-xususiy sherikligi dasturini muhokama qilishdi. Loyihalarni ishga tushirish uchun zarur bo‘ladigan ma'lumotlar, izlanishlar va tahlillar, hamda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik turlari haqida gaplashildi.
Uchrashuvda qayd etilganidek, ushbu loyihalarning amalga oshirilishi xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish bilan birga, iqtisodiyotni o‘sishiga kuchli turtki bo‘ladi.
Mavzuga oid
18:11 / 16.01.2026
Andijonda uyushgan jinoiy guruh a’zolari ushlandi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026