10 may kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon moliya, bank, bojxona va soliq xodimlari bilan uchrashuvda bojxona xizmati xodimini so‘roqqa tutdi va u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi. Bu haqda Avesta xabar bermoqda.
Davlat rahbari bojxonachini mikrofonga taklif qildi va nechta uy hamda mashinaga egaligi, qayerda o‘qiganini so‘rab, u yolg‘on gapirayotganini fosh qildi, xizmatdan bo‘shashni buyurdi.
Muloqot quyidagi tarzda kechgan:
Imomali Rahmon: Mikrofonga kel!
(Shahboz Rajabzoda ko‘tariladi va mikrofonga yaqinlashadi)
Prezident: Siz kimsiz?
Bojxona xodimi: (o‘z ismini aytadi)
Imomali Rahmon: Necha yildan beri ishlayapsan?
Bojxonachi: Bir yil va sakkiz oy.
Imomali Rahmon: Bir yil va 8 oy? Nechta uying bor? Haqiqatni ayt!
Bojxonachi: uchta uy.
Imomali Rahmon: Nechta mashinang bor?
Bojxonachi: Bitta.
Imomali Rahmon: bitta emas, rostini gapir! Menda ma'lumotlar bor.
Bojxonachi: Ikkita mashina. Faqat bittasi mening nomimda.
Imomali Rahmon: bittasi boshqaning nomida, ikkinchisi sening nomingda. Mashinang qancha turadi?
Bojxonachi: ...
















