Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 20 fevraldagi “Özbekiston Respublikasi hududida lazerli nur tarqatkiçlarni işlatişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 50-son qaroriga köra portativ lazerli nur tarqatkiçlarni yurtimizga çetdan olib kiriş va sotiş taqiqlanadi.
Biroq, mazkur me'yoriy hujjat talablari ayrim fuqarolarimiz tomonidan buzilmoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boşqarmasi “Gulbahor” çegara bojxona posti orqali yurtimizga qöşni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.X xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada, fuqaroga tegişli buyumlar orasidan 8 dona avtomobil kalitlari va masofadan boşqariş pultlari borligi bojxonaçilar e'tiborini tortdi. Bir qaraşda haqiqiydek köringan pult va kalitlar aslida lazerli nur tarqatkiç ekanligi aniqlanib, aşyoviy dalil sifatida olib qöyildi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari olib borilmoqda.









