AQŞ harbiy-havo kuçlari internetda oxirgi modifikatsiyadagi ikkita öta kuçli GBU-57 aviabombasining navbatdagi sinovi tasvirlangan videorolikni e'lon qildi.
Aviabombalar B-2 Spirit stels-bombardimonçilari tomonidan taşlangan. Videoda samolyot ikkita bombani birin-ketin taşlayotganini köriş mumkin. Bombalar dastlab belgilangan joyda yerni yorib ötib, bir neça soniyadan keyin yer ostida kuçli portlagan.
GBU-57 yoki Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombasi bunkerlarga qarşi aviatsiya bombasi hisoblanib, Boeing kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Bomba portlaşidan oldin yer ostiga 61 metr çuqurlikkaça kirib borişi yoki 19 metrlik temirbetonni teşib ötişi mumkin.
Bombaning oğirligi 13,6 tonnani, kuçi esa 2,5 tonna portlovçi moddani taşkil qiladi. U AQŞning eng kuçli noyadroviy quroli hisoblanadi.
GBU-57 bombasi 2007 yilda Eron va Şimoliy Koreyaning yer osti istehkomlarini yöq qiliş uçun işlab çiqilgan. 2018 yilda bombaning 4-modernizatsiyasi ötkazilgan. Buning evaziga uning qiyin yetib boriluvçi va çuqur joylaşgan nişonlarni yöq qiliş böyiça körsatkiçlari ança oşgan.
Bombaning avvalgi sinovi 2018 yil dekabrda amalga oşirilgan.







