“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Özbekistonda fuqaro aviatsiyasi xodimlari, jumladan uçuvçilarni tayyorlaşga ixtisoslaştirilgan universitetni taşkil qiliş haqida petitsiya e'lon qilindi.

Bildirilişiça, Özbekiston Respublikasi hozirgi kunda şiddat bilan rivojlanib, har sohada havas qilsa arzigulik natijalarga erişilmoqda. 

“Aholi soni kundan-kunga oşib, yölovçilarni taşiş, jumladan, havo transportidan foydalanişga bölgan ehtiyoj ortib bormoqda. Ötgan davr mobaynida mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasini rivojlantiriş, şu jumladan havo kemalari parkini yangilaş, parvozlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta'minlaş, aeroportlar infratuzilmasini va malakali mutaxassislar tayyorlaş tizimini takomillaştiriş böyiça izçil çoralar amalga oşirildi. Ayni paytda yuqori malakali va boy tajribaga ega bölgan uçuvçilar, styuard va styuardessalarga, muhandis-mexaniklarga talab yuqori”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Şundan kelib çiqib, Özbekiston Respublikasida fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga ixtisoslaştirilgan universitet oçiş zarur ekani aytiladi.

“Uşbu takliflarni xorijiy tajribani örgangan holda, amaliyotimizga tatbiq qilişimiz kerak”, - deyiladi petitsiyada.