Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Ukraina Qrimni qaytarishi haqida ma'lum qildi
Ukraina prezidenti etib saylangan Vladimir Zelenskiy mamlakat Qrimni qaytarib olishiga ishonch bildirdi.
U bu haqda feysbukda joylashtirilgan, Ukrainada bugun nishonlanayotgan Qrim-tatar xalqi genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni munosabati bilan qilgan murojaatida aytib o‘tdi.
«Ishonamanki, Qrim tatarlarining vatanini okkupatsiyadan ozod qilamiz. Qrimni qaytarishga yo‘l qanchalik uzoq bo‘lmasin, biz uni qrim tatarlari bilan birga bosib o‘tamiz. Buni birgalikda amalga oshiramiz. Esdan chiqarmang, hatto eng qorong‘u tun ham tong bilan tugaydi», - deb yozgan Zelenskiy.
Avvalroq, Zelenskiy shtabi Qrimning Rossiyaga qo‘shilishi bo‘yicha referendum natijalari tan olinmasligi haqida e'lon qilgandi. Yangi saylangan prezident Qrim Rossiyada hokimiyat almashganidan keyin Ukraina tarkibiga qaytishi haqida gapirdi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026