Jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudida sudlanuvçilar Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga (sudlanuvçilarning umumiy soni – 16) nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça sud öz yakuniga yetdi.


Kun.uz muxbiri xabariga köra, sudlanuvçi Ahmadjon Tursunboyev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişda nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga uzil-kesil 14 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaşi belgilandi.

A.Tursunboyevga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi a, v bandlari bilan iş haqi 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda ikki yil axloq tuzatiş işlari jazosi ham tayinlandi.

Ma'lumot uçun: 2018 yil 21 fevralda jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 188-moddasi (noqonuniy tadbirkorlik faoliyati), 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş), 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz şuğullaniş), 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 211-moddasi (pora beriş) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş)da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblangan Ahmadjon Tursunboyev, Olmos Qöçqorov, Izzatila Ibrohimov, Murodjon Tursunboyev, Oybek Tursunboyev, Azizjon Turdiyev va Raşid Ismoilovlarga nisbatan sud hukmi e'lon qilingan.








