2022 yilning aprel oyida fuqaro B.Q. auksion orqali Olmazor tumani, Forobiy köçasida joylaşgan köp qavatli uylardan biridagi kvartirani qariyb 700 mln sömga sotib oladi. Bu kvartira 2015 yildan 2019 yilgaça rasman çinozlik Ahmadboy (öz davrida juda köp miqdordagi firibgarlik jinoyati uçun uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan Ahmadjon Tursunboyev)ning mulki bölgan.

Uşbu xonadon 2019 yilda sud hukmi bilan Ahmadboyning boşqa mulklari qatori davlat egaligiga ötkazilgan hamda auksion savdolariga çiqarilgan. Hukmda sotuvdan tuşgan mablağni zarar körgan jabrlanuvçilarga proporsional tarzda taqsimlab beriş közda tutilgan. Qariyb 2 yil davomida xonadon bir neça marotaba auksionga qöyilgan, ammo sotilmagan.

Fuqaro B.Q. 2022 yil 27 aprel kuni ötgan takroriy onlayn auksion ğolibi böladi va uyning pulini töliq tölab, mulkni öz nomiga hujjatlaştirib oladi. Ammo mulk egasi sifatida sotib olgan uyiga borib yaşay olmaydi. Sababi, xonadonda boşqa fuqaro – mazkur uyni 2015 yilda Ahmadboyga sotgan N.T. istiqomat qilib kelmoqda. Yangi ega xonadonni böşatib berişni söraydi, ammo sobiq ega uyni öz ixtiyori bilan böşatişdan boş tortadi.

Uyning avvalgi egasi undan ança avval ayrilgan

Ahmadboy şeriklari bilan jinoiy xatti-harakatlari natijasida qölga kiritilgan pul mablağlarini legallaştiriş maqsadida asosan uy va avtomaşinalar xarid qilişgan. Jumladan, nizo obekti bölgan Olmazor tumani, Forobiy köçasidagi kvartira ham ana şunday – jinoiy xatti-harakatlari natijasida qölga kiritilgan pul mablağlari evaziga sotib olingan.

Faqat bu örinda xonadon egasi bölgan N.T. Ahmadboyga emas, uyini unga sotib bergan “makler” A.E.ga aldanib qolgan.

2015 yilning avgust oyida fuqaro A.E. tanişi N.T. Olmazor tumani, Forobiy köçasidagi xonadonini sotmoqçi bölib yurganini eşitadi. Unga uyini sotib oliş uçun mijoz topib berişini aytadi va şu yöl orqali uning işonçiga kiradi. “Makler” mazkur xonadon öz uyi ekanligini aytib, uni 90 ming AQŞ dollari evaziga Ahmadboyga sotadi va notarial tartibda oldi-sotdi şartnomasi rasmiylaştirişga erişadi.

A.E. Ahmadboydan olgan 90 ming dollarni uy egasi bölgan N.T.ga bermasdan, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.

Sudda söralgan A.E. fuqaro N.T. Ahmadboyni tanimasligini, uning uyi özi aytgan narx – 90 ming dollarga sotilgani, pullar 6 oyda 3 marta bölib berilişini aytganida uy egasi bunga rozi bölganligini, şu sababli notarius orqali rasmiylaştiruv jarayonida oldi-sotdi şartnomasiga imzo qöyib berganligini aytib, körsatma bergan. Şuningdek, u öz körsatmasida Ahmadboy xonadonni qonunan sotib olganligini, 2015 yilning iyul-dekabr oylari oraliğida undan 90 ming dollar pulni olib, uy egasiga bermasdan öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligini, odamlardan qarzi köpayib ketganligi sababli işlari orqaga ketib, N.T.ning pullarini qaytara olmaganligini ta’kidlagan.