2020 yil 12 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudi binosida sudlanuvçilar Ahmadjon Tursunboyev va boşqalarga nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça törtinçi oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

 

Kun.uz muxbirining xabar qilişiça, Ahmadjon Tursunboyev Özbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “a, v” bandlari (eski tahrirdagi) bilan aybli deb topildi va unga uşbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga Özbekiston Respublikasi JKning 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida, tayinlangan jazoga qisman jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudining 2019 yil 28 oktyabrdagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qöşib, uzil-kesil ötaş uçun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qilingan holda 14 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

A.Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi Qarorining 6-bandi “b” kiçik bandiga asosan törtdan bir qismiga qisqartirildi.

Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda ötaş tayinlandi. Jazoni ötaş muddati 2016 yil 16 iyundan boşlab hisoblanadi.

A.Tursunboyevga qöllanilgan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi özgarişsiz qoldirildi.