Sud uni avvalgi jinoyat işi böyiça tayinlangan jazoni qöşib, 14,5 yilga ozodlikdan mahrum etiş haqida hukm çiqardi.

Mahkum mahkamadan söng jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

«Men bu faoliyatimni 10 yil yurgizganman. 2006 yilda boşlab, avvaliga faqat çorva bilan iş qilganman. Özim qassobman – mol olardim, fuqarolarga mol berardim... Töğri, qilgan işimdan puşaymonman. Molni foiz hisobida berganman, Xudoning özi keçirsin.

Şu öyinga kirganman. U öyinga kirgandan keyin, çiqa olmaysiz. Qiyin narsa u... Menda fuqarolarning puli köpayganidan keyin, ularning pulini ferma va şu kabi narsalarga qöyib, pulini «oborot qilib», özlariga taqsimlab bermoqçi bölganman. Vaziyat şunaqa böldi, endi», – deydi Ahmadjon Tursunboyev.

– Şu 10 yillik faoliyatingiz davomida heç qaysi davlat organi bilan örtangizda muammo bölmaganmi?

– Yöq... Bitta narsa: agar siz birovning pulini bermasangiz va u ariza bilan şikoyat qilsa, unda taşkilotingizni yopişadi. Endi özingiz öylang, men odamlarning pulini vaqtida tölaganman-ku, joy-joyiga qöyib berganman. Olingan pullarni qanday qaytarişim esa meni muammom.

Tekşirişlar bölmagan, faoliyatimni 2006 yilda boşlab 10 yil yurgizganman.

– Oxiri baribir şu bilan tugaşini bilarmidingiz?

– Mening maqsadim yomonlik qiliş bölmagan. Maqsadim işlaş bölgan. Endi, fuqarolar köpayganidan keyin, ularning pulini nima qilişim kerak. Joy qurganman, ferma qurganman, şuni yurğizaman deb harakat qilganman. Fuqarolarni aldamoqçi bölmaganman.

– Sizga köplab san'atkorlar pul bergani haqida gap-sözlar yuradi.

– Falonçi artist sizga pul bergan ekan, degan gapni men özim ham köp eşitdim. Men, birinçidan, san'atkorlar bilan oldi-berdi qilmaganman. Öşa payti öğil töy qilganimda töyona hisobidan kelgan u artistlar. Şerali Jörayevdan pul olibdi, Ozodbekdan pul olibdi degan gaplar miş-miş. Men artistlar bilan umuman pul oldi-berdi qilmaganman.

Birov orqali kirgizmagan bölsa agar, biron bir artist şaxsan özi kelib qölimga 50-100 ming dollar bermagan.