Toşkent şahrining turli nuqtalaridagi mardikor bozorlarida erkaklar bilan bir qatorda iş beruvçilarni kutayotgan ayollarni ham köramiz. Bunday manzara köp yillardan buyon özgarmay qolmoqda. Ijodiy guruhimiz bilan Toşkent şahridagi noqonuniy mardikor bozorlarida böldik. Qaysi nuqtaga bormaylik iş beruvçilar maşinasi eşigiga yopişayotgan ayollar soni erkaklarnikidan kam emasligiga guvoh böldik.
Bu ayollar oğir şaroitlarda noqonuniy faoliyat bilan şuğullanişlariga nimalar sabab bölyapti? Faqat işsizlikmi?
Masalaga çuqurroq nazar taşlaydigan bölsak, muammoning boşqa tomonlari ham borligini köramiz.
Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida tuğilgan Zamira Mamadaliyevna Sulaymonova deyarli 20 yildan buyon mardikor ayollar bozorida işlaydi.
«Öqimaganim tufayli fermerlarning yerini çopiq qilaman, paxta va buğdoy yetiştirişda yordamlaşaman. Iş haqi örniga 10-15 sotix yer berişadi. Öşa yerga loviya ekib kun köraman. Ötgan yili bir fermerning ikki gektar yerini çopiq qilib, evaziga ijaraga bergan yeriga loviya ekdim. Ammo suv kam bölgani sababli atigi 400 ming söm daromad oldim. Qilgan xarajatim ham qoplanmadi. Hozir 55 yoşdaman. 10 yoşli farzandim bor. Özim farzand körolmaganim sababli uni asrab olganman. Nafaqa pulim 193 ming söm. Bu pul yeyiş-içişga ham yetmayapti. Kamiga uy-joy masalasi qiynab yubordi. Namanganga turmuşga çiqqanim sababli propiskam Namanganda. Turmuş örtoğim bilan ajraşganmiz. Şuning uçun uyoqqa borolmayman. Toşkentda esa propiskaga qöyişmayapti. Arosatda qoldim. Şu muammolarim yuzasidan ötgan yili Xotin-qizlar qömitasiga murojaat qilgandim. Arzimni eşitib, jönatib yuborişdi. Birozdan keyin xat keldi. Xat mazmuniga tuşunolmadim», deydi u.
Mardikor ayollar bozorida maktab yoşidagi qizlardan tortib, pensiya yoşidagi ayollargaça uçratiş mumkin. Turli muammolar sabab onalar maktab yoki kollejda darsda ötirişi kerak bölgan qizlarini ham mardikor bozorlariga olib çiqişyapti. Bu holatga öquv muassasalari ma'muriyati nima deydi? Maktab yoşidagi qizlardan bu savolga javob olmoqçi böldik. Lekin ular javob berişdan boş tortişdi. Ota-ona özi taşabbuskor bölgan bunday holatlarda öquv muassasalari zaiflik qiladi, albatta.
Kuzatuvlar davomida mardikor ayollar uç toifaga bölinişiga guvoh böldik. Birinçi toifa çindan ham qiynalgan, har qanday işdan boş tortmay, halol mehnat qiladigan ayollar, ikkinçi toifa ma'lum ma'noda dangasalik, boqimandalikka örganib qolganlar. Bu toifa vakillari işsizlik va boşqa muammolarni rökaç qilişadi. Ma'lum bölişiça, ularga özlari istiqomat qilayotgan hududdan iş topib berilişi va'da qilinsa ham şaharda mardikorlik qilişni ma'qul körişadi.







