Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq:
UZINFOCOM’ning ustav kapitalidagi davlat uluşi kamida 51 foizga oşiriladi;
keyinçalik UZINFOCOM’dagi davlat uluşi Universal Mobile System (UMS) ustav kapitalini köpaytiriş hisobiga ötkaziladi.
“Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot doirasidagi idoraviy axborot tizimlari, ma'lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni joriy etiş böyiça qarorlar ularni amalga oşirişning moliyaviy manbalarini aniq körsatgan holda qabul qilinadi.
UMS axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xaridlarning texnik topşiriqlarini faqat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boşqariş markazi bilan kelişgan holda amalga oşiradi.
Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimi doirasida öz ma'lumotlarini qayta işlaş markazlarini taşkil etiş va quriş taqiqlanadi.
UMS öziga yuklangan vazifalar doirasida 2022 yil 1 yanvargaça çetdan olib kiriladigan tovarlar uçun bojxona tölovlaridan ozod etiladi.
Telekommunikatsiya obektlarini quriş uçun UMS’ga yer uçastkalari auksionsiz beriladi.












