Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Assalomu alaykum, mening ismim Daniel Rozenblum». AQShning yangi elchisi videomurojaat yo‘lladi

AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan, ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi navbatdagi elchisi etib tayinlangan Daniel Rozenblum o‘zbek xalqiga videomurojaat yo‘lladi.
O‘zbek tilida gapirgan yangi elchining videomurojaati AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan e'lon qilingan.
«Assalomu alaykum, mening ismim Daniel Rozenblum. Amerika prezidenti tomonidan O‘zbekistonga navbatdagi AQSh elchisi etib tayinlanganim men uchun katta sharafdir.
O‘tgan 30 yil davomida menga Sharqiy Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda o‘qish va ishlash baxti nasib etdi. O‘zbekiston tarixining eng muhim va qizg‘in davrida men Amerika vakili etib tayinlandim.
Biz prezident Mirziyoyevning keng ko‘lamli islohotlarini olqishlaymiz. Ayniqsa, meni ta'lim sohasidagi islohotlar qiziqtiradi. Xalq kelajagi uchun yoshlar ta'lim-tarbiyasidan muhimroq narsa yo‘q. Men o‘zbek xalqining dunyoga mashhur mehmondo‘stligi, nihoyatda boy tarixi va madaniy merosi haqida ko‘proq bilimga ega bo‘lishni hamda go‘zal yurtingizga rafiqam Sheron, o‘g‘lim Jon va qizim Liana bilan borishni intizorlik bilan kutyapman. Tez orada sizlar bilan uchrashishga umid qilaman, omon bo‘linglar», — deydi Rozenblum.
AQShning O‘zbekiston Respublikasidagi keyingi favqulodda va muxtor elchisi sifatida ishlagan Pamela Spartlen o‘z vakolatlarini tugatgach, 2018 yilning avgustida AQSh senati Daniel Rozenblyumni yangi elchi etib tasdiqlagan edi.
AQSh Senatining 2019 yil 11 apreldagi tasdig‘i bilan Daniel Rozenblyum O‘zbekistondagi elchi etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Farg‘onada ichki ishlar sohasidagi pensionerlar huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:04
-
Hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ekologik texnologiya asosida molibdenni qayta ishlamoqda
O‘zbekiston | 09:00
-
XJSdan Siluanov va Nabiullinani hibsga olish uchun order berish so‘raldi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid

17:26 / 21.12.2021
Aziz Abduhakimov va Daniel Rozenblyum Toshkent yoshlar forumida ekologiya mavzusiga alohida e’tibor qaratilganini olqishladi

19:51 / 15.09.2021
Amerika elchisi O‘zbekistondagi so‘z erkinligi haqida gapirdi

11:05 / 31.08.2019
O‘zbekiston AQSh bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytiradi

23:18 / 26.07.2019