Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 7 sentabr kuni mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Amerika Qöşma Ştatlari favqulodda va muxtor elçisi Deniyel Rozenblyumni qabul qildi.
Davlatimiz rahbari Deniyel Rozenblyumning Özbekiston-AQŞ strategik şeriklik munosabatlarini rivojlantirişdagi hissasini qayd etdi.
Keyingi yillarda konstruktiv siyosiy muloqot yölga qöyildi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan özaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlik kengayib bormoqda. Özaro savdo hajmi oşmoqda, AQŞning yetakçi kompaniyalari iştirokida qator investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Ta’lim va soğliqni saqlaş sohalarida ikki tomonlama dasturlar joriy etilmoqda.
Özbekiston prezidentining joriy yil avgust oyida qabul qilingan farmoniga muvofiq amerikalik diplomat mamlakatimizning yuksak davlat mukofoti – «Döstlik» ordeniga sazovor böldi.
AQŞ elçisi uning faoliyatiga berilgan yuqori baho uçun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham mamlakatlarimiz örtasidagi köp qirrali hamkorlikning mustahkamlanişini faol qöllab-quvvatlaşda davom etişini ta’kidladi.












