Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Navoiy viloyat ma'muriy işlar böyiça sudi raisi Otabek Toşevga oid iş yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining şu yil 20 may kuni bölib ötgan majlisida Navoiy viloyat ma'muriy sudi raisi O.Toşevni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik beriş töğrisidagi taqdimnoma ma'qullangan.

Oliy sud matbuot xizmati xabariga köra, Otabek Toşev Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga köra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi.
 
Özbekiston Respublikasining “Sudlar töğrisida”gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toşkent şahar sudlarining raislari va rais örinbosarlari, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Eslatib ötamiz, şu yilning fevral oyida Otabek Toşev Navoiy viloyat ma'muriy işlar böyiça sudida texnik xodim sifatida faoliyat körsatadigan Dilşod Norovni köpçilikning köz öngida yerga yotqizib tepkilagani, jabrlanuvçi şifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.