Özbekiston Respublikasi Markaziy banki boşqaruvi Qozoğistonning Tenge Bank aksiyadorlik tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziya beriş töğrisida qaror qabul qildi.

Halyk Özbekistonda filial oçiş niyatida ekanini ma'lum qilgan birinçi Qozoğiston banki böldi. Toşkent şahrida moliyaviy taşkilotning şö'basi - Tenge Bank faoliyat körsatadi.

Halyk Bank Rossiya, Qirğiziston, Gruziya va Tojikistonda şö'balarga ega. Özbekiston bozoriga kiriş bank uçun rivojlaniş strategiyasining mantiqiy davomi böldi. Şuningdek, Halyk Bank Özbekistonda öz filialiga ega bölgan Qozoğistonning birinçi bankiga aylandi. 

Ma'lumot uçun, bugungi kunda Özbekistonda 28ta tijorat banki faoliyat körsatmoqda. Ikkinçi darajali banklarning jami aktivlari - 194,6 trln söm yoki joriy kurs böyiça 24,1 mlrd dollar. Rasmiy ma'lumotlarga köra, Özbekiston yalpi içki mahsuloti 2017 yilda 249,1 trln sömni - 30,7 mlrd dollarni taşkil etdi.

Eslatib ötamiz, hozir Özbekistonda faqat beşta bank xorijiy kapital iştirokida işlamoqda: «Savdogar», Hamkorbank, Ziraat Bank Uzbekistan, Eronning «Saderat» va KDB Bank Uzbekistan.

Qozoğiston MB ruxsat berdi: Halyk Bank Özbekistonda Tenge Bank’ni oçadiQozoğistonning Tenge Bank’i Toşkentda qaçon iş boşlaşi ma'lum böldi