«Nant» klubi «Kardiff» rahbariyatiga murojaat qilib, hujumçi Emiliano Sala transferi uçun 15 million funt tölaşni talab qilmoqda, deb yozadi BBC.
Avvalroq, argentinalik futbolçi yangi jamoasi qarorgohiga yöl olganida, aviahalokat natijasida qurbon bölgan va uning samolyoti dengiz tubidan topilgan edi.
Şunday bölsa-da, fransiyaliklar «Kardiff»dan şartnomaga amal qilişni va 10 kun içida transfer qiymatini tölaşni talab qilişgan. Aks holda, sud orqali öz huquqlari uçun kuraşmoqçi ekanini ma'lum qilişgan.
«Kardiff»dagi manbaning sözlariga köra, klub şartnoma bandlarini bajarişdan böyin tovlamoqçi emas. Bundan taşqari, futbolçining jasadi hali dengiz tubidan kötarilmagan va dafn qilinmagan bölsa-da, «Nant» klubining pul talab qilişidan taajjubda ekanini bildirişgan.
Eslatib ötamiz, 21 yanvar kuni keçqurun Emiliano Sala Fransiyaning «Nant» klubidagi jamoadoşlari bilan xayrlaşib, «Kardiff» klubi qarorgohiga xususiy samolyotda uçib ketgan edi. Biroq, samolyot közlangan manzilga yetib kelişidan 1 soat oldin radarlardan yöqolib qoldi. Bundan biroz avvalroq, futbolçi WhatsApp’dagi çatga «hozir samolyot parçalanib ketsa kerak», degan xabarni jönatişga ulgurgan edi. Samolyot qoldiqlari 3 fevral kuni dengiz ostidan topildi. Uni izlaş işlariga xayriya asosida katta miqdorda mablağ töplandi.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, samolyot noqulay ob-havo şaroiti tufayli, halokatga uçragan bölişi mumkin.













