«Kardiff Siti» hujumçisi Emiliano Salani hayotdan olib ketgan aviahalokat yuzasidan tergov işlari davom etmoqda.

BBC`ning xabar berişiça, layner uçuvçisi Devid Ibbotson daltonizmga çalingan bölgan, ya'ni u ranglarni töliq ajrata olmagan. Köriş sezgisida bunday defekti bölgan pilotlarga sutkaning qoronği vaqtida parvozlarni amalga oşiriş esa taqiqlangan.

Hozirça uşbu ma'lumot tasdiqlanmadi. Buyuk Britaniya Fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi tergov öz işini yakunlamagunga qadar bu haqda izoh berilmasligini ma'lum qilgan.

Avvalgi xabarlarda Ibbotson uşbu tijoriy parvozlarni amalga oşiriş huquqiga ega bölmagani, boisi unda faqat Buyuk Britaniya va AQŞ hududidagina xususiy samolyotlarni boşqarişga ruxsat beruvçi litsenziya bölgani aytilgandi. 

Tergov xulosasi 2020 yil boşida e'lon qilinişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, halokat 21 yanvarda bölgan, öşa kuni bortida faqat Sala va uçuvçi bölgan «Piper PA-46 Malibu» rusumli samolyot Fransiyaning Nant şahridan Uels poytaxti Kardiffga qarab yölga çiqqaç, manzilga yetişiga bir soat qolganida radarlardan yöqolib qolgandi. Samolyot sönggi marta 700 m balandlikda, Olderni orolidan 13 km uzoqlikda ekanida aloqada bölgandi.

Havo kemasi qoldiqlari 3 fevral kuni La-Manş böğozidan topildi. 67 metr çuqurlikdagi samolyot bortida aniqlangan jasad barmoq izlari orqali Salaga tegişli ekani tasdiqlandi. 60 yoşda bölgan uçuvçi Devid Ibbotsonning jasadi esa hali topilganiça yöq.

Ma'lumotlarga köra, «Kardiff» Salaga tijoriy parvoz taşkil qilib berişni taklif qilgan, ammo futbolçi bunga qadar özi boşqa samolyotni buyurtma qilib bölganini aytgan. Parvozni agent Uilli Makkey taşkil etgan, u na samolyot va na uçuvçini tanlaşda qatnaşmaganini aytmoqda. 

Dastlabki taxminlarga köra, halokatga noqulay ob-havo sabab bölgan.