La-Manş böğozida Piper PA-46 Malibu samolyoti halokatga uçragan joyda topilgan jasad “Kardiff Siti”ning yangi öyinçisi Emiliano Salaga tegişli ekani aniqlandi. Bu haqda Britaniyaning Dorset grafligi politsiya boşqarmasi ma'lum qildi.
“Bugun 7 fevralda Portlendga yetkazilgan jasad Dorset koroneri tomonidan professional futbolçi Emiliano Salaniki ekanligi qayd qilindi”, deyilgan xabarda.
Jasad aniqlangani 4 fevralda ma'lum qilingandi.
Bortida futbolçi bölgan samolyot Fransiyadan Buyuk Britaniyaga 22 yanvarga ötar keçasi uçgan. Parvoz vaqtida futbolçi samolyotning holatidan taşviş bildirib, döstlariga audioxabarlar jönatgan. U xabarida falokatga uçraşi mumkinligidan xavotir bildirgan. Samolyotni uçuvçi Devid Aybbotson boşqargan. Keyinroq esa uçuvçining yölovçilarni taşiş uçun litsenziyasi bölmagani aniqlangan.













