Tört oy oldin Xitoy milliy jamoasi boş murabbiyligidan ketgan Marçello Lippi uşbu lavozimga qaytdi. Bu haqda mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy saytida darak berilgan.

Ma'lum qilinişiça, italiyalik tajribali mutaxassis oldiga Xitoy milliy jamoasini JÇ-2022 final bosqiçiga olib çiqiş vazifasi qöyilgan.

Avvalroq Xitoy matbuoti tomonlar örtasidagi kelişuv ikki qismdan iborat bölişini xabar qilgandi: birinçisi JÇ-2022 saralaşidan ötişni, ikkinçisi Osiyo kubogi – 2023 yarimfinaliga çiqişni közda tutadi.

Marçello Lippi 2016 yil oktyabridan xitoyliklar termasiga ustozlik qilib, joriy yil boşidagi Osiyo kubogidan söng muddati tugagan şartnomasini uzaytirmagan edi. Uning örniga hamyurti Fabio Kannavaro ikkita öyinda Xitoyni boş murabbiy sifatida boşlab tuşdi.

Eslatib ötamiz, 71 yoşli mutaxassis 2006 yilda Italiya milliy jamoasini jahon çempionligi sari boşlab borgan. U «skuadra adzurra» boşqaruvida eng uzoq – 31ta öyinlik mağlubiyatsiz seriya qayd etgan murabbiy sanaladi.

Lippi, şuningdek, «Yuventus» bilan A Seriyada beş marta ğolib çiqqan, 1996 yilda Çempionlar ligasida çempion bölgan.