«Yuventus» klubi va Italiya milliy jamoasining sobiq ustozi Marçello Lippi murabbiylik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
«Murabbiylik faoliyatimni yakunlaganimni ma'lum qilaman. Boşqa vazifalarda işlaşga kelsak, buni körib çiqamiz. Hozirça gapiriş befoyda, bahorgaça heç narsa bölmaydi», – deya italiyalikning sözlarini keltiradi Radio Sportiva.

Eslatib ötamiz, Lippining sönggi iş joyi Xitoy milliy jamoasi (2016-2019) edi.
72 yoşli mutaxassis 2006 yili Italiya milliy jamoasini jahon çempioniga aylantirgan. «Yuventus» uning qöl ostida 5 bor A Seriyada va 1996 yilgi Çempionlar Ligasida zafar quçgan.











