
Bu so‘zlar qo‘rquv, kuchsizlik, umidsizlikdan iborat va orzuni rad etishga majbur qiladi. Ulardan xalos bo‘ling.
Mitchel Xarper
Bigcommerce servisi asoschilaridan biri, CapitalHLabs studiyasi asoschisi.
Bu qanday so‘zlar?
Aqlni boshqarish – muvaffaqiyatning tarkibiy qismlaridan biri. Bu haqida ko‘p yozilgan. Biroq ularni hayotga tatbiq etishga qaraganda yozish va o‘qish osonroq.
Kulrang tusdagi hayotdan qoniqmaydigan har bir kishi so‘zlar bizga qay darajada kuchli ta'sir qilishini yaxshi anglashi lozim.
Siz qo‘llaydigan so‘zlar kim bo‘lishingiz, qayerda yakunlab, nimaga erishishingizni belgilaydi. Miyangizda doimiy ravishda aylanadigan gaplar muayyan oqibatlar keltiradi.
- Men u qadar yaxshi emasman.
- Men bunga loyiqmasman.
- Menga hasad qilishsa-chi?
Ruhiyatingiz va rivojlanishingizga siz o‘ylagandan ko‘proq ta'sir qiluvchi so‘zlar mavjud. Siz ularni bilasiz, kuniga bir necha marta takrorlaysiz. Agar bu ikki so‘z bitta gapda yonma-yon qo‘llanilsa, qo‘rquv, xavotir, himoyasizlikni ishga tushiruvchi mexanizm sifatida ishlaydi. Ular nima qilsangiz ham sizni to‘xtatishga qodir. Hatto finish chizig‘iga bir qadam qolgan bo‘lsa ham. Mazkur so‘zlar quyidagilar:
Agar … bo‘lsa-chi?
- Harakat qilsam-u, mag‘lubiyatga uchrasam nima bo‘ladi?
- Qo‘limdan kelmasa-chi?
- Bari rejadagidek bo‘lmasa-chi?
- Buni istamasam-chi?
- Turmush o‘rtog‘im/bolalarim/ota-onam buni ma'qullamasa-chi?
- Sevgan insonim mendan ketib qolsa-chi?
- Ustimdan kulishsa-chi?
- Barini yo‘qotsam-chi?
Biznes boshlash, muvaffaqiyatsiz munosabatlarni yakunlash, boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tish, ishni o‘zgartirish, umuman biror narsaga erishish istagidagi har bir inson uchun «Agar … bo‘lsa-chi?» savoli eng dahshatli savol.













