O‘zbekiston | 11:59 / 27.05.2019
11023
1 daqiqa o‘qiladi

Iste'molchilar huquqlarini buzgan banklar endi jiddiy jarimaga tortiladi

Foto: Thinkstock

Markaziy bank tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom yangi bob bilan to‘ldirildi. Tuzatishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi, deb yozmoqda Norma.
 
Hujjatga bank xizmatlari iste'molchilari huquqlarini buzganlik uchun sanksiyani kiritdilar. Bu holda jarima miqdorlari quyidagilarga nisbatan:
 
• tijorat bankiga - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%igacha miqdorini (amaldagi qiymatda 100 mln so‘mni tashkil qiladi);
 
• mikrokredit tashkilotiga - mikrokredit tashkiloti ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining 0,1%i miqdorini (amaldagi qiymatda 2 mln so‘mni tashkil qiladi);
 
• lombardga - EKIHning 10 baravari miqdorini tashkil etadi (amaldagi qiymatda 2 027 300 so‘mni tashkil qiladi).
 
Hujjat 25.08.2019 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid