Adliya vazirligi banklarda aktivlar sifatini tasniflaş, aktivlar böyiça ehtimoliy yöqotişlarni qoplaş uçun zaxiralar şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibini belgilovçi idoraviy hujjatni davlat röyxatidan ötkazdi.

Hujjat 2026-yil 10-sentabrda 3937-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Yangi tartib banklar, şu jumladan mikromoliya banklari va islomiy bank faoliyatini amalga oşiruvçi banklarga tatbiq etiladi.

Hujjatga muvofiq, bank aktivlari sifati «standart», «substandart», «qoniqarsiz», «şubhali» va «umidsiz» toifalarga ajratiladi.

Ular böyiça ehtimoliy yöqotişlarni qoplaş uçun mos ravişda 1, 10, 25, 50 va 100 foiz miqdorida zaxira şakllantiriladi. Yaʼni aktivning sifati yomonlaşgani sari bank tomonidan ajratilişi lozim bölgan zaxira hajmi ham oşib boradi.

Aktivlarni tasniflaşda obyektiv mezonlar hamda tölov ehtimoli pastligini körsatuvçi mezonlar qöllaniladi. Agar uşbu mezonlar böyiça baholaş natijalari bir-biridan farq qilsa, aktiv yomonroq toifaga kiritiladi.

Şuningdek, banklar, nobank kredit taşkilotlari, suğurta va lizing taşkilotlariga berilgan aktivlarni tasniflaş uçun alohida mezonlar belgilangan.

Restrukturizatsiya qilingan aktivlarning sifat toifasini yaxşilaş uçun belgilangan talablar bajarilişi va aktivga qarab kamida 6 yoki 12 oylik sinov davri ötişi talab qilinadi.

Banklar aktivlar böyiça şakllantirilgan zaxiralarni kamida har oyda bir marta qayta körib çiqişi kerak böladi.

2028-yil 1-yanvardan boşlab muammoli aktivlarga «foizlarni östirmaslik» maqomi beriladi. Bunday aktivlar böyiça hisoblangan, ammo amalda olinmagan foizlar va boşqa daromadlar balansdan taşqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi.

Şu bilan birga, aktivning zaxira hisobidan balansdan taşqari hisobvaraqqa ötkazilişi yoki hisobdan çiqarilişi qarz oluvçining qarz majburiyati bekor qilinganini anglatmaydi.