Miranda qoidasi Özbekistonda 2009 yil 1 yanvardan e'tiboran joriy etilgan (Özbekiston Respublikasi qonunçilik hujjatlari töplami, 2008 yil, № 52, 514­bet).

Miranda qoidasi böyiça hibsga olingan şaxsga uni söroq qilişdan oldin albatta:

  • sukut saqlaşga haqliligi;
  • aytgan gaplari sudda unga qarşi qöllanişi mumkinligi va qöllanişi; söroqda uning advokati iştirok etişi mumkinligi;
  • advokat tölovini qila olmasa unga davlat tomonidan advokat berilişi tuşuntirilişi hamda «haq-huquqlaringiz sizga tuşunarlimi?» deb söralişi;
  • öz advokatiga yoki yaqinlariga bir marta qönğiroq qiliş imkoni berilişi şart.

Miranda qoidasi haqida

Miranda qoidasi Amerika Qöşma Ştatlarida yuzaga kelgan yuridik norma bölib, unga köra, jinoyat sodir etişda gumon qilinuvçi şaxsni söroq qilişdan oldin unga protsessual huquqlari tuşuntirilişi kerak. Bu tamoyil 1966 yildagi AQŞ Oliy sudi qaroridan kelib çiqadi. Miranda qoidasidan közlangan maqsad şaxsga öz-öziga qarşi guvohlik bermaslik huquqini (nemo tenetur se ipsum accusare) beriş bölgan.

Öşa vaqtda Arizona ştati politsiyasi Ernesto Mirandani odam öğirlaş va nomusga tegiş jinoyatlarini sodir etişda ayblaydi. Politsiya binosida ikki soatlik söroqdan keyin Miranda öz aybiga iqror böladi va keyinçalik sudlanadi. Uşbu jinoyat işi yuzasidan Mirandaning advokati şikoyat keltiradi hamda AQŞ Oliy sudi bundan buyon politsiyaçilar şaxsni uşlaş çoğida şartli ravişda nom olgan «Miranda ogohlantiruvi»ni öqib eşittirişlarini talab qiladi. Bu qoida uşlab turiş sabablarini, körsatuv berişni rad etiş, uşlangan şaxs bergan körsatuvlardan jinoyat işiga doir dalillar sifatida uning öziga qarşi foydalanilişi mumkinligini hamda davlat hisobidan himoyaçini taklif etiş kabi huquqlarni öz içiga oladi. Uşbu qoida heç kim öziga qarşi körsatuv berişga majbur emasligi huquqini ta'minlab berdi. Şu paytdan boşlab, uşlangan şaxsga uning huquqlari öqib eşittirilişidan oldin olingan har qanday ma'lumot nomaqbul dalil ekani belgilab qöyildi.

Söroq davomida qölga kiritilgan har qanday ma'lumot, agar u qölga olingan şaxsga uning haq-huquqlari tuşuntirilişidan avval olingan bölsa, noqonuniy olingan dalil deb hisoblanadigan bölgan. Bunda gumon qilinuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi jinoiy javobgarlikdan ozod qilinişi mumkin böldi.  

AQŞdan örnak olib, köplab mamlakatlar öz qonunçiliklarida Miranda qoidasini joriy qilişdi. Xususan, Özbekiston ham.