Bu nima uçun muhim?
Prezident Şavkat Mirziyoyev 2022 yil 20 iyunda Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uçraşuvda gumonlanuvçi şaxs qölga olinganda, unga huquqlarini tuşuntiriş böyiça qoidani konstitutsiya darajasida mustahkamlaşni taklif etgandi.
Ta’kidlaş joizki, şaxsni uşlaş çoğida uning huquqlari va uşlaniş asoslari unga tuşunarli tilda tuşuntirilişi JPK 224-moddasida belgilangan. Biroq xalq qabulxonalariga kelayotgan köplab murojaatlar tahlili huquq-tartibot organlari tomonidan şaxs qölga olinganida, u nima uçun uşlangani va qanday huquqlarga ega ekani tuşuntirilmasligini körsatgan.
Bu holatlarning oldini oliş maqsadida Özbekistonning boş qonuniga köplab davlatlarning Konstitutsiya va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarida aks etgan “Miranda qoidasi”ni ifodalovçi norma kiritilmoqda.
“Miranda qoidasi”ga binoan, uşlanadigan şaxs sukut saqlaş, aytgan har qanday narsa sudda unga qarşi işlatilişi mumkinligi, söroq jarayonida özi yollagan yoki davlat tomonidan taqdim etiladigan advokat iştirokini talab etiş hamda öz huquqlarini tuşunişi haqida ogohlantirilişi lozim.
Mazkur talab BMTning 1966 yil 16 dekabrdagi Fuqaroviy va siyosiy huquqlar töğrisidagi Xalqaro paktining 9-moddasida belgilangan. Unga asosan hibsga olingan har bir kişiga hibsga oliş çoğida uning hibsga olinişi sabablari aytiladi va darhol unga qöyilgan har qanday ayblov ma’lum qilinadi.
“Miranda qoidasi” institutini konstitutsiya darajasida belgilaş tezkor-qidiruv faoliyati hamda jinoyat protsessida fuqarolar huquq va erkinliklarini yanada kafolatlaş, ularning huquqlarini poymol qilişning oldini olişga, davlatimizda huquq ustuvorligi ğoyasini ta’minlaşga şaroit yaratadi.
«Hojatxonada uşlangan jinoyatçi»
Bloger Otabek Bakirov Telegram-kanalida Miranda qoidalarining ahamiyati haqida töxtalib, yaqin dösti bilan röy bergan kulgili voqea haqida yozdi.
“Yaqin oşnamni bir safar «formali akaxonlar» Qöyliqdagi mardikorlar mahallasidan uşlab ketişadi. «Hovlida turardim. Hojatxonadan çiqsam ikkita formali melisalar turibdi, ha desam, hujjatingiz deydi. Qanaqa hujjat, körmayapsanmi, qayerdan çiqqanimni, endi hojatxonagayam pasport kötarib kiraymi deganimni bilaman, şimimning kamaridan kötarib avtobusga tiqib opketişdi», deb eslaydi şörlik. Rosa kulişdik.












