Ruslan Nuriddinov London Olimpiadasida antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi

Foto: AFP
Sport arbitraj sudining (CAS ADD) Dopingga qarshi kurash bo‘limi O‘zbekiston vakili Ruslan Nuriddinovni 2012 yilgi London Olimpiadasida og‘ir atletika bo‘yicha musobaqalarda antidoping qoidalarini buzganlikda aybdor deb topdi. Bu haqda R-sport xabar bermoqda.
Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi (IWF) dekabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tomonidan sportchilarning doping namunalari qayta tekshirilganidan so‘ng Nuriddinov chetlashtirilgani to‘g‘risida xabar qildi. Xabarda ta'kidlanishicha, Nuriddinovning tahlil namunasida degidroxlormetiltestosteron aniqlangan.
Aprel oyida XOQ ishni CAS’ning dopingga qarshi kurashish bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun topshirdi. Ishni ko‘rib chiqqan mutaxassis sportchi antidoping qoidalarini buzgan, degan xulosa keldi hamda uning Londondagi o‘yinlarda qayd etgan natijasini bekor qildi. Qayd etilishicha, ish keyingi surishtiruvni amalga oshirish uchun IWF’ga beriladi.
Nuriddinov London Olimpiadasida 105 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Rio-de-Janeyrodagi o‘yinlarda u oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:04 / 15.02.2025
Dunyoning birinchi raqamli raketkasi «atrofidagilarning beparvoligi» uchun diskvalifikatsiya qilindi

18:41 / 22.10.2024
Osiyo o‘yinlari chempioni Shohmurod Xolmurodov doping tufayli jazolandi

19:08 / 07.08.2024
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni doping tufayli diskvalifikatsiya qilindi

22:06 / 26.07.2024