O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Quyidagilar:
2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi;
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar ikki oy muddatda Davlat dasturining har bir bandi bo‘yicha maqsadlarga erishishda samaradorlik indikatorlarini ishlab chiqadi va Idoralararo komissiya bilan kelishib oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etilganligi qayd qilindi.
Idoralararo komissiya ikki oy muddatda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha namunaviy tadbirlarning idoraviy dasturini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga muhokama qilish va kelishish uchun kiritadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalarini tashkil etish tavsiya qilindi, ularning zimmasiga:
joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini kompleks o‘rganish;
joylarda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo‘yicha qo‘mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib borish funksiyalari yuklandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
a) korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat:
sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta'sir o‘tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;
















