Terlashning ikki salbiy jihati bor: undan keyin oq kiyimlarda sariq dog‘, rangli kiyimlarda esa oq rangdagi dog‘lar qoladi. Biroq antiperspirant tufayli paydo bo‘ladigan oq dog‘larni qanday ketkazish mumkin? Fabiosa.ru aynan shu mavzuga bag‘ishlangan ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashgan.

Foto: Adme

Terlashga qarshi himoya vositasini tanlaganda ko‘pincha reklamaga amal qilib, kiyimda dog‘ qoldirmaydiganini tanlashga harakat qilamiz. Biroq nima uchundir ko‘pincha u yoki bu vosita ham o‘zidan keyin dog‘ qoldiradi.

Dezodorant, antiperspirant va dazodorantli stik (tayoqcha) lar terlashga qarshi vositalar hisoblanadi. Ular tarkibi va qo‘llanishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.

Antiperspirant va stiklar. Ularning tarkibi alyumin tuzlar hamda surtilgan joyda himoya to‘sig‘ini hosil qilib, terlashga yo‘l qo‘ymaydigan birikmalardan iborat. Odatda, aynan antiperspirantlar kiyimda yuvganda ketmaydigan katta oq dog‘larni qoldiradi. Oq dog‘lar hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida antiperspirant formulasiga solventlar qo‘shiladi, ular esa antiperspirant samarasini biroz kamaytiradi.

Dezodorantlar. Qo‘ltiq ostidagi tuklarda yoqimsiz hid uyg‘otadigan ko‘plab bakteriyalar bo‘ladi. Dezodorant esa ularning harakatini bloklaydi, biroq u ham o‘zidan keyin oq dog‘lar qoldiradi.

Kiyim yuvilganidan keyin har doim ham dog‘ va hid butunlay ketmaydi. Bundan tashqari, tez-tez mashinada kir yuvish kiyimlar oxorini ketkazadi. Ana undan keyin ular rangsiz ko‘rinishga kelib qoladi.

Rangli kiyimlarni oppoq dog‘lardan qanday himoya qilish mumkin?

E'tiboringizga qo‘l ostidagi vositalarni qo‘llab, doimiy natija beradigan usul taqdim etiladi.

1. Oq dog‘ ustiga osh sodasini ko‘p miqdorda sepib qo‘ying.