Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Toshkent shahar hokimining “Kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 yanvardagi 3-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahridan o‘tadigan kanallar va suv xo‘jaligi inshootlariga tutash hududlarni obodonlashtirish va aholi uchun madaniy hordiq chiqarish maskanlarini yaratish loyiha tashabbuskorlariga kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirishga ruxsat berilgan.
Quyidagilar:
Kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirishga ruxsat berish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
loyiha tashabbuskorlariga kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirish to‘g‘risidagi murojaat takliflarini ko‘rib chiquvchi ishchi guruh tarkibi tasdiqlanadi.
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari (X.Inog‘omov), Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i (G‘.Rasulov), Qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i (B.Xolmatov):
Toshkent shahridagi kanallarga tutash hududdagi yer uchastkalarini monitoringi natijalariga ko‘ra, obodonlashtirilishi zarur bo‘lgan kanallarga tutash yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantiradi va loyiha tashabbuskorlariga o‘rnatilgan tartibda biriktirish choralarini ko‘radi;
loyiha tashabbuskorlariga kanallarga tutash hududlarni obodonlashtirish maqsadlari uchun yer maydonlarini biriktirish to‘g‘risidagi murojaat takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishchi guruh faoliyatini tashkil etadi, ishchi guruh tomonidan shaffoflik va oshkoralik tamoyillariga rioya etilishini ta'minlaydi.
Tuman hokimlari, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi (N.Tursunov), Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi (Sh.Xadjizadayev), Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi (N.Yusupov), Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi (B.Odilov):
xaridorlar bilan naqd pulda hisob-kitob qilishda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari qo‘llanilishi monitoring qiladi;
bank plastik kartochkalardan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish bo‘yicha hisob-kitob terminallari bilan ta'minlaydi;
















