O‘zbekiston | 14:54 / 30.05.2019
4704
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda MDHga a'zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

Foto: IIV axborot xizmati

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan MDHga a'zo davlatlarning ichki ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun MDHga a'zo davlatlarning Ichki ishlar vazirligi va Politsiyalarining delegatsiyalari birin-ketin mamlakatga tashrif buyurishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yilning 30 maydan 1 iyunga qadar poytaxtda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Ozarboyjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Armaniston Respublikasi Politsiyasi, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston Respublikalari, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston va Turkmaniston Ichki ishlar vazirliklari, shuningdek MDHga a'zo davlatlar hududida Uyushgan jinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurashni muvofiqlashtirish bo‘yicha byurosi, MDHning Antiterror markazi, MDH Ijroiya qo‘mitasi hamda Ijroiya qo‘mita huzuridagi ichki ishlar vazirlari kengashi rahbarlari va vakillari ishtirok etadi. 

Yig‘ilishda jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta'minlash va mustahkamlash, tajriba va axborot almashish masalalari muhokama qilinishi reja qilingan.

Eslatib o‘tamiz, MDH Davlat rahbarlari kengashining Qarori bilan Ichki ishlar vazirlari Kengashi 1996 yil 19 yanvar kuni tashkil etilgan. Ichki ishlar vazirlari Kengashining asosiy faoliyati, zarur hollarda yiliga bir marotabadan yig‘ilib, qator qaror, bayonot, murojaat va tavsiyalar qabul qilinadi hamda idoralararo tusdagi ko‘p tomonlama kelishuvlar imzolanadi. 

Yig‘ilish yakunlari bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid