Özbekistonda yangi öquv yili boşlanişi munosabati bilan taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlaş böyiça kuçaytirilgan çoralar köriladi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2-sentabr kuni respublikadagi 11 178 ta umumtaʼlim maktabida Bilimlar kuniga bağişlangan tantanali tadbirlar ötkaziladi. Ularda jami 5 mln 800 ming nafar öquvçi, jumladan, birinçi sinfga borayotgan bolalar ota-onalari bilan birgalikda iştirok etadi.

Şuningdek, yangi öquv yilida 598 ta kasbiy taʼlim muassasasi va 73 ta akademik litsey öz faoliyatini boşlaydi.

Yangi öquv yili arafasida Içki işlar vazirligida tezkor yiğiliş ötkazilib, taʼlim muassasalarida öquvçilar va ularning ota-onalari xavfsizligini taʼminlaş, jamoat tartibini saqlaş hamda turli köngilsiz holatlarning oldini oliş masalalari muhokama qilindi.

Yiğilişda içki işlar vaziri Aziz Toşpölatov, Milliy gvardiya qömondoni Bahodir Toşmatov, favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov va tegişli sohalar masʼullari iştirok etdi.

Taʼlim muassasalari atrofida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaş, piyodalar oqimini tartibga soliş, maktablar oldida avtomobillarning harakatlanişi va töxtaşini nazorat qiliş böyiça zarur çoralar köriladi.

Ayniqsa, birinçi sinf öquvçilari maktabga ota-onalari bilan kelişi hisobga olinib, taʼlim muassasalari atrofida piyodalar va avtotransport harakatini xavfsiz taşkil etişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan taşqari, maktab va boşqa taʼlim muassasalarida yonğin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinişi, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va zarur hollarda tezkor harakat qilişga tayyorgarlik holati nazorat qilinadi.

Masʼullarga har bir taʼlim muassasasida xavfsizlik çoralarini oldindan taʼminlaş, profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş va aniqlangan muammolarni zudlik bilan bartaraf etiş böyiça topşiriqlar berilgan.