Janubiy Afrika Respublikasining Tsanin şahrida ötgan regbi uçraşuvini begemotlarning maydonga bostirib kelişi sababli töxtatişga töğri keldi. Bu haqda Far North Bulletin mahalliy naşri xabar berdi. 

Ikki mahalliy jamoaning öyini Letaba Rugby Club maydonida ötgan.

Öyin vaqtida begemotlar maydonga çiqib, u yerdagi maysani yeyişga tuşib ketgan.

Naşr rahbari Jo Dreyyerning fikriça, bunday köp begemotlarning yopirilib kelişiga stadion yaqinida Letaba daryosi joylaşgani sabab hisoblanadi.

Ta'kidlanişiça, JARning şimolidagi Sent-Lyuşa şaharçasi köçalarida begemotlarni uçratiş oddiy hol hisoblanadi. Gap şundaki, şaharça yaqinida Isimangaliso qöriqxonasi joylaşgan bölib, u yerda köplab begemotlar yaşaydi. Şaharni “gippopotamlar şahri” deb ham ataşadi va u yerda köçalarda “Gippopotamlardan saqlaning” degan ogohlantiruvçi belgini ham uçratiş mumkin.