Özbekiston Respublikasi Velosiped sporti federatsiyasi taşabbusi bilan 2 iyun kuni Toşkent şahrida Xalqaro velosipedçilar kuniga bağişlangan velosayil ötkaziladi. Bu haqida Federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.  

Velosiped - ekologik jihatdan eng toza transport turi bölib, u atrof-muhitni muhofaza qiliş, soğliqni saqlaş va sportni ommalaştirişga xizmat qiladi. 

An'anaga köra, Özbekistonda har yili Xalqaro velosipedçilar kuni nişonlanadi. Bu yilgi tadbirda respublikamizning barça fuqarolari va mehmonlari iştirok etişlari mumkin. 

Velosayl Toşkent şahrining markaziy köçalarida bölib ötadi. Şu bois mazkur tadbir davomida Beşyoğoç, Furqat, Islom Karimov, Şarof Raşidov va Afrosiyob köçalari vaqtinça yopiladi. 

Yönalişning umumiy masofasi 5 kilometrni taşkil etib, soat 10:00 da Humo Arena muz saroyi oldida boşlanadi. Qöşimça ma'lumotlar uçun +71 231 27 06 telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkin. 

"Barçangizni 2 iyun kuni #worldbicycleday nişonlaş munosabati bilan bölib ötadigan velopoygaga Humo Arena muz saroyi oldida kutib qolamiz. Soğliğingizni va tabiatni asrang!", - deyiladi manbada.