02:00 / 02.06.2019
32088

«Liverpul» Chempionlar Ligasi finalida «Tottenhem»ni mag‘lub etdi

Sergio Perez / Reuters / Scanpix / LETA

1 iyun oqshomida Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida «Tottenhem» va «Liverpul» klublari Chempionlar Ligasida finalida o‘zaro bellashdi. 

2-daqiqada Muhammad Saloh penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 87-daqiqada Divok Origi jarima maydoni ichidan aniq zarba yo‘llab, hisobdagi farqni oshirdi. 

Natijada «Liverpul» 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida 6-marta (1977, 1978, 1981, 1984, 2005, 2019) nufuzli sovrinni qo‘lga kiritdi.

«Liverpul» qatorasiga ikkinchi mavsumda finalda o‘ynadi — o‘tgan yili Yurgen Klopp shogirdlari finalda «Real»ga mag‘lub bo‘lgandi. Jamoa oxirgi marta turnirda — 2005 yilda g‘olib chiqqandi.

Bu Chempionlar ligasi tarixida ikkinchi marta ingliz jamoalari to‘qnashuvi bo‘ldi. 2008 yilning 21 mayida «Manchester Yunayted» va «Chelsi» Moskvadagi «Lujnikov» o‘yingohda YeChL kubogi uchun to‘qnashgan edi. O‘shanda o‘yinning asosiy vaqtida durang hisob (1:1) qayd etilgach o‘tkazilgan penaltilar seriyasida «Manchester Yunayted» ustun kelgandi (6:5).

Chempionlar Ligasi 
Final
Tottenhem (Angliya) – Liverpul (Angliya) 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 2, penalti Saloh, 0:2 – 87 Origi. 
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Rouz, Tripper, Vertongen, Alli (Lorente, 82), Uinks (Lukas Moura, 66), Sissoko (Dayyer, 74), Eriksen, Son Hyon Min, Keyn.
Liverpul – Alisson, Matip, Roberson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Xenderson, Fabino, Veynaldum (Milner, 62), Mane (Gomes, 90), Saloh, Firmino (Origi, 58).

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top