1 iyun kuni Maktabgaça ta'lim vazirligi (MTV) Yaqin Şarqda uzoq davom etgan qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan ayollar va bolalar uçun bayram taşkil etdi. MTV matbuot xizmati Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi

Maktabgaça ta'lim vazirligi tomonidan Suriyadan qaytgan ayollar va bolalar uçun Toşkent viloyatidagi sanatoriy hududida bolalar bayrami taşkil etildi. Turli yoşdagi 100dan ortiq bolalar uçun sovğalar va şirinliklar taqdim etildi, ijodiy mahorat darslari va animatorlar iştirokidagi yorqin çiqişlar tayyorlandi.

Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi

“Qurolli mojarolar hududlaridan qaytgan bolalarni oldinda ijtimoiy moslaşuv kabi murakkab davr kutmoqda. Bugungi bayram ulardagi ijobiy his-tuyğularni qayta tiklaş va hayotlarining dastlabki yillarida körgan jabr va ayançli xotiralarini oz bölsa-da bartaraf etişga qaratilgan birinçi qadamdir. Bolalarning tinç hayotga qaytganiga uç kun böldi va biz ularda ijobiy hissiyotlar paydo bölayotganini köryapmiz: ular atrofdagilar uçun tobora oçilib, hayotga qiziquvçanlikni namoyon etişmoqda. Ammo bolalarning jamiyatga töliq moslaşuvçi uçun xali juda köp işlar amalga oşirilişi lozim. Ularning jamiyatga va dunyoga bölgan işonçini tiklaş uçun barçamizdan vaqt, sabr va çeksiz muhabbat talab etiladi", - deydi MTVning maktabgaça ta'lim muassasalari faoliyatini taşkil qiliş va strategik rivojlantiriş böyiça boş boşqarmasi boşliği örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva.

Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi
Foto: Maktabgaça ta'lim vazirligi

Şahnoza Mirziyoyeva ziddiyatli hududlardan qaytgan ayollar bilan suhbatlaşar ekan, ularning dardlarini tingladi va yöllagan savollariga javob berdi. Uning ta'kidlaşiça, har bir bola, qayerda tuğilganidan qat'i nazar, davlat himoyasi ostida böladi, bolalarning onalari esa psixologik va ijtimoiy yordam bilan ta'minlanadi.