Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş hamda aholi bandligini ta’minlaş borasidagi işlar sarhisobi va kelgusi yil uçun ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Unda ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlandi.
«Hamma eşitib olsin, bundan buyon daromad topiş imkoniyati çeklangan va nogironligi bor şaxslar kambağallar reyestrida bölmaydi. Ularni qöllab-quvvatlaşni davlat zimmasiga oladi», dedi prezident.
2026 yildan «Teng imkon – inklyuziv bandlik» loyihasini joriy etib, nogironligi bölgan 40 ming odamni işli qiliş muhim ekani ta’kidlandi. Bandlik jamğarmasidan ularga 30 million sömgaça foizsiz ssuda ajratiş yölga qöyiladi.
Kambağallikka qayta tuşiş xavfi mavjud oilalarga ijtimoiy yordam va imtiyozlar saqlab qolinadi.
Ularga 6 oy mobaynida moddiy yordam va bolalar nafaqasi tölanişi davom ettiriladi, boğça va tögarak xarajatini qoplaş, davolaniş orderi kabi 110 ta ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy davomida qöşimça foydalaniş imkoni beriladi.
Bundan taşqari, oğir hayotiy vaziyat sababli kambağallikka tuşib qolişi xavfi yuqori bölgan oilalarni oldindan aniqlab, ularga manzilli yordam körsatiş yölga qöyiladi.
Bu vazifalar ustidan nazorat hamda viloyat hokimlari bilan ijrosini taşkil qiliş Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.












