Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyevaning sözlariga köra, Namanganda beş yoşli qizaloq bilan boğliq fojia yuz berganidan beri Ijtimoiy himoya milliy agentligi vaziyatni nazorat qilib kelmoqda.

“Ilk kunlardan mutaxassislarimiz va psixologlar qizaloq bilan, uning onasi bilan işlamoqda. Bu oğir damda oilaga barça zarur yordam va kömak körsatilmoqda.

Oila boşqa şaharga köçib ötadi, uy-joy va zarur reabilitatsiya bilan taʼminlanadi. Oilaga töliq ijtimoiy yordam körsatiladi, xususan, qizaloqning onasi öqiş va işga joylaşişiga yordam beriladi. Zarur bölsa, familiyasini özgartirişga ham kömaklaşiladi. Eng muhimi, bolajon va uning yaqinlari xavfsiz joyda yangi hayot boşlaşlari uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi”, deb yozdi u.

Şahnoza Mirziyoyevaning bildirişiça, Prezident administratsiyasi bu masalani alohida nazoratga olgan. Barça masʼul idoralar ilk kunlardanoq işga jalb qilingan.

U uşbu jinoyat aslo jazosiz qolmasligini taʼkidlagan.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namanganda 5 yoşli qizça zörlanişi bilan boğliq voqea yuzasidan munosabat bildirib, jinoyatçi qonun doirasidagi eng oğir jazoga tortilişi, «bunday vahşiyona jinoyatlar» uçun javobgarlikni maksimal darajada kuçaytiriş uçun qonun hujjatlariga özgartiriş kiritiş böyiça taklif tayyorlanayotganini maʼlum qilgandi.

Eslatib ötamiz, Namangan viloyati Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli tarbiyalanuvçiga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgan. Mazkur holat yuzasidan 12-sentabr kuni 52 yoşli xöjalik işlari mudiriga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, u qamoqqa olingan.